O‘smirlik davri taomnomasi

13-16 yoshdagi bolalarning ovqatlanish rejimi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bu davrga kelib o‘smirning bo‘y-basti tez fursatda o‘sib boradi. Uning ishtahasi yuqori bo‘ladi. Bunday paytda ota-ona ularning ovqatlanishiga e’tiborli bo‘lishi, fast-fud mahsulotlarini iloji boricha kamroq tanovul qilishini nazorat qilib borishi kerak.

Kun davomida organizm uchun kerak bo‘lgan moddalarning nonushta mobaynida 25 foizini, tushlikda – 35-40 foiz, kechki choy vaqtida 15 foiz, kechki ovqatlanishda esa – 20-25 foizni g‘amlab olish kerak.

Nonushta. Sabzavot yoki meva, pishloq, tvorog va salatlar tavsiya qilinadi. Issiq ovqatlardan: sabzavotli, go‘shtli yoki baliqli taomlar tavsiya qilinadi. Ichimliklardan esa issiq choy, sharbat va sut.

Tushlik. Tushlikni u asosan maktabda tanovul qiladi. Asosan suyuq taomlar xususan sho‘rva tavsiya etiladi. Shirinliklardan pechenye, yogurt tanovul qilishi mumkin.

Kechki choy. Meva, tvorog, sabzavotli salatlar iste’mol qilish mumkin.

Kechki ovqat. Sabzavotli go‘shtli kotlet, makaronli omlet. Uyqu oldidan esa bir stakan kefir yoki sut tavsiya etiladi.

1 kg tana vazniga 1, 8 kkal kaloriya to‘g‘ri keladi. Demak, o‘smir kun davomida 3 ming kkal kerak bo‘ladi, jismoniy harakatlanish orqali esa 3 ming 500 kkal sarflaydi. Ayniqsa, o‘g‘il bolalarda energiyaga bo‘lgan talab kuchli bo‘ladi. Ularning ishtahasi ham baland bo‘ladi. Ovqat tarkibi oqsil, yog‘ va uglevodlarga boy bo‘lishi kerak. Kun davomida o‘rtacha 1 kg tana vazniga 2-1, 5 gr. oqsil kerak bo‘ladi. 1 kg tana vazniga kundalik 10-15 gr. uglevod to‘g‘ri keladi. Uglevodning asosiy vazifasi organizmni energiyaga bo‘lgan talabini qondirishdir. Fosfor kun davomida 10, 8 gr. moddalar almashinuvi, miya va asab tizimining normada ishlashi, jigar va buyrak faoliyati uchun juda muhim hisoblanadi. Qalqonsimon bez faoliyatining me’yorda ishlashi uchun kun davomida 130 mkg. yod zarur bo‘ladi.

100 gr. mahsulotda oqsil tarkibi.

Go‘sht-25 gr. qattiq pishloqda-25gr. baliq-20gr. sut 3gr. tuxum 12gr. yong‘oq 28 gr. nonda 8 gr. loviya va no‘xatda 5gr. ni tashkil qiladi.

Vitaminlarning kunlik me’yori. A 1, 5 mg. V1-1. 8 mg. V2-2, 5 mg. V6-2, 6 mg. V12-3, 0mkg. RR-19 mg. S-75 mg. Ye-15 mg. D-2, 5 mg. ni tashkil qiladi.

Yana o‘qing:  “KAMOLOT” UYLARI TOPSHIRILDI

Gulnoza EGAMBERDIYEVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: