“Qonuniy tartiblarga itoat qilish indeksi” nima?

Prezident Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida mamlakatimizda qonuniylik va qonun ustuvorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratdi.

Bu masala Ichki ishlar vazirligi va uning mahalliy idoralari, prokuratura, sud va huquqni muhofaza qiluvchi nazorat organlari faoliyatining asosi va mohiyatiga aylanmog‘i shartligini ta’kidlab, uni ta’minlash borasida tegishli vazifa va yo‘llanmalar berdi. Shu bilan birga bitta xushxabarni aytib, biz tartib-nazorat organlarida ishlovchilarga g‘urur, ishonch bag‘ishladi va zimmamizga yanada katta mas’uliyat yukladi.

Ma’ruzada biz AQSHdagi ijtimoiy fikrni o‘rganish bo‘yicha faoliyat olib borayotgan Gallap instituti tomonidan 2015 yilda o‘tkazilgan va e’lon qilingan tadqiqot materiallari bilan tanishdik. Ushbu nufuzli tashkilot “Qonuniy tartiblarga itoat qilish indeksi” degan tadqiqot bo‘yicha jahondagi 141 ta mamlakatda so‘rov o‘tkazib, katta yoshdagi 142 ming shaxsning fikrini o‘rgangan. So‘rovnomada 3 ta savol o‘rtaga qo‘yilgan. Birinchi savol – “Siz o‘zingiz yashayotgan shahar yoki tumandagi mahalliy politsiyaga ishonasizmi?” Ikkinchi savol – “Siz o‘zingiz yashayotgan shahar yoki tumanda kechasi xavf-xatardan qo‘rqmasdan yolg‘iz yura olasizmi”, co‘ngi savoli esa “Oxirgi o‘n ikki oy ichida siz va oila a’zolaringizni pul va mol-mulki o‘g‘irlangan holat sodir bo‘lganmi?” degan mazmunda berilgan. Ayni shunday savollar orqali, avvalambor, so‘rov o‘tkazilgan mamlakatda yashayotgan har bir odamning kayfiyatiga, uning o‘zini erkin his qilishiga qonunda belgilangan tartiblarga amal qilish qanday ta’sir ko‘rsatayotganini aniqlash ko‘zda tutilgan.

Bizning mamlakatimiz bu so‘rovnoma natijalariga ko‘ra dunyodagi 141 mamlakat orasida 2 o‘rinni egallaganini alohida g‘urur va mamnuniyat bilan qabul qildik. Mamlakatimiz Prezidenti shunday deb ta’kidladilar: “Bu haqida gapirganda, xalqimizning tinchligi va osoyishtaligini, eng asosiysi, odamlarimizning hayotdan roziligini, ertangi kunga ishonchini yanada mustahkamlash o‘ta muhim ahamiyatga ega ekanini hisobga olgan holda, bu masala bundan buyon ham e’tiborimiz markazida turishini unutmasligimiz zarur”, deya ta’kidladilar.

Yurtimizda tinchlikni asrash va aholini himoya qilish bo‘yicha mana shunday yuksak darajaga ko‘tarilganimiz, bu sohada olib borayotgan ishlarimiz xalqaro miqyosda keng e’tirof etilgani, hech shubhasiz, barcha vatandoshlarimiz qalbida g‘urur va iftixor tuyg‘usini uyg‘otadi. Prezidentimizning ishonch va talablari biz – mamlakatimizda qonun ustuvorligi yo‘lida xizmat qilayotgan har bir xodimga yanada katta mas’uliyat yuklaydi.

Yana o‘qing:  Ezgu ishga kamarbasta

Ravshan SA’DULLAYEV,

Chilonzor tumani IIB tergovchisi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: