Sog‘lom farzand – eng katta baxt

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” tamoyili oilada sog‘lom farzandni dunyoga keltirish va kamolga yetkazish, aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirishda o‘z samaralarini berayotir.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va xorijiy mamlakatlardagi yetakchi klinikalar bilan hamkorlikda bu yo‘nalishda ko‘plab tibbiy-ijtimoiy loyihalarni hayotga tatbiq etmoqda. Bu jarayonda bemor va nogiron bolalarni sog‘lomlashtirishga alohida e’tibor qaratilayotir.

Yuragida tug‘ma nuqson bilan xastalangan bolalarni sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan tadbirlar bunga misol. Toshkent pediatriya tibbiyot institutida bu yo‘nalishda bolalarga jahon tibbiyotining ilg‘or uslublari bo‘yicha tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Bu boradagi ishlar ko‘lamini kengaytirish, bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifati va samaradorligini yanada oshirish maqsadida fond Hindistondagi “Artemis” kardiojarrohlik markazi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Ushbu hamkorlik doirasida 2015 yilning noyabr oyida mazkur klinikaning yetakchi mutaxassislari yurtimizda bo‘lib, qirqdan ziyod bemor bolani chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Ulardan besh nafari Hindistonda davolanib qaytdi.

N. NORBOBOYEV,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  SARATONNI ANIQLOVCHI UNIVERSAL TEST

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: