“Don fasolio” salati
Zarur masalliqlar: tovuq go‘shti, 200 gr. kolbasa, 1 dona qizil sabzi, 200 gr. pishloq, konservalangan loviya, mayonez va qotgan non kerak bo‘ladi.
Tayyorlanishi: tovuq go‘shtini suvda pishirib, u sovuganidan so‘ng tovaga yog‘ solib qovurib olamiz. Qaynatib olingan sabzini to‘rtburchak shaklda to‘g‘raymiz. Kolbasani esa somoncha shaklida to‘g‘rab olamiz. Tayyor bo‘lgan sabzi, kolbasa, tovuq go‘shti, qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq, loviya va qotgan nonni idishga solib ustidan mayonez qo‘shib yaxshilab aralashtiramiz. Tayyor bo‘lgan salatni salat bargi qo‘yilgan likopchaga solib dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
BEGOYIM