BIR KOSA SUT

Xovard maktabdan bo‘sh paytlari uyma-uy yurib narsa sotadigan faqir bir bola edi. Bugun eshikma-eshik qancha chopmasin, hech narsa sotolmadi.

Qorni ochib, holdan toydi. Cho‘ntagidagi o‘n sent esa hech narsaga yetmasdi. Noiloj navbatdagi uydan biror yegulik so‘rashga qaror qildi. Afsuski, eshikni yosh qiz ochdi. Xovard uyalib, arang suv so‘radi. Bolakayning oqarib ketgan yuzi, quruqshagan lablarini ko‘rgan qiz uning och qolganini sezdi. U suv emas bir kosa sut olib chiqdi. Hovard sutni ho‘plab-ho‘plab ichdi, so‘ng:

– Necha pul bo‘ladi? – deb so‘radi.

– Onam qilgan yaxshiliginga pul olmagin deb o‘rgatgan, – mayin jilmaydi qiz.

– Ming rahmat, – dedi Xovard sekin orqasiga burilarkan.

Yillar ketidan yillar o‘tdi. Xovard maktabni, so‘ng litseyni, keyin esa universitetni tamomladi…

Bir kuni Jon Xopkins nomidagi universitetning Tibbiyot fakultetiga qarashli onkologiya bo‘limiga og‘ir bemorni olib kelishdi. Bu mashhur tibbiyot dargohining ta’sischilaridan biri o‘sha bolakay Hovard Kelli edi.

Shifokor Kelli bemorning ma’lumot varaqasini ko‘zdan kechirayotib xayajonga tushdi. Xotirasida bolaligi o‘tgan ko‘chalar, mashaqqatli kechmishi jonlandi. Ko‘rikka kirgan shifokor bemorni bir ko‘rishdayoq tanidi. Bu ayol uzoq yillar oldin unga suv o‘rniga sut bergan o‘sha mehribon qiz edi.

Kelli bor mahoratini ishga solib, davolashni boshladi. Nihoyat mo‘jiza ro‘y berdi. Boshqa shifokorlar allaqachon hukmni chiqarib qo‘ygan ayol og‘ir darddan forig‘ bo‘ldi.

Shifoxonadan javob beriladigan kuni ayolni davolash bilan bog‘liq barcha xarajatlar yozilgan qog‘oz rahbar – Xovard Kelli huzuriga olib kirildi. Shifokor hisob qog‘oziga allanimalar yozib uni ayolga yubordi. Bu singari davolanish juda katta pul turishini yaxshi bilgan ayol unga qo‘rqa-pisa ko‘z tashladi.

Biroq, haqiqatan ham o‘n ming dollarlik raqamlar yozilgan qog‘oz ostida shifokor Kelli imzosi bilan shunday izoh yozib qo‘yilgandi:

“Xarajatlar bir kosa sut bilan to‘lab qo‘yilgan”.

 

Rus tilidan Zuhra UMAROVA tarjimasi

Yana o‘qing:  Ibrat

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: