HAYOT MUTANOSIBLIGI ASOSI

U ruhiyat va tananing uyg‘unligiga bog‘liq

Olimlar inson organizmini va uning ruhiyatini bir necha asrlardan beri o‘rganib kelishgan va bu borada juda ko‘p ma’lumotlar to‘plangan. Ammo shunga qaramay tanamizdagi ko‘pgina biokimyoviy jarayonlar, ularning mohiyati, kelib chiqish sabablarining o‘rganilmagan qirralari talaygina.

Daraxt o‘zining poyasi va ildiziga bog‘langanidek tana ham ruhiyat bilan shunday bog‘langan. Yer ustida turib daraxtning poyasini xohlagancha o‘rganish mumkin, lekin ildizini ko‘rib bo‘lmaydi. Qarangki, poyaning qanchalik baquvvat bo‘lishi uning ildiziga bog‘liq.

Yaqinda yapon olimlari butun dunyoga shunday deb e’lon qilishdi: “inson ruhining og‘irligi 4 gramm”…”ilm bilan shug‘ullangan insonning ruhi boshqalarnikiga nisbatan 2-3 barobar katta bo‘ladi”. Buni qarangki, odam o‘limidan oldin va joni uzilgandan keyingi tana og‘irligining 4 grammga farq qilishi uzoq yillik ilmiy tadqiqotlar asosida isbotlandi.

Mashhur psixolog, akademik Mirzakarim Norbekov ong, qalb, tana haqida ba’zi juda qiziqarli ma’lumotlarni qator kitoblarida nashr ettirgan. Uning ta’kidlashicha, tana – bu ong, qalb va ruh joylashgan “idish”dir.

Qalb va ong – bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan bir-birini muvozanatda saqlab turuvchi insonning ikki asosiy tayanch nuqtasidir, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ong barcha hayotiy tajriba va bilimlarni o‘zida saqlaydi. Uning vazifasi hayotni doimiy tartibda ushlab turish. U absolyut barqarorlikka intiladi. Qalb esa barcha tuyg‘ular, orzular qo‘nim topgan maskan. U absolyut beqarorlikka intiladi. Uning vazifasi hayotimizga turli jo‘shqin va rangdor bo‘yoqlar bilan ishlov berishdir.

Ruh esa qalb va ongni muvozanatda ushlab turuvchi kuch. Qalb, ruh va ong birlashib tiriklikni hosil qiladi. Bu hayot esa tanada joylashadi.

Ko‘pincha inson ruhiyatidagi zo‘riqish (stress)lar sababli tanada kasallik kelib chiqadi. Masalan, yurak qon tomir kasalliklari, turli nevrozlar, qandli diabet va hakozo. Shifokorlar juda ko‘p hollarda bemorlarning shikoyatlarini tinglayotganlarida yurakdagi og‘riqlar, arterial bosimning ko‘tarilishi aynan ruhiy zo‘riqishlar sababligiga guvoh bo‘lishadi va bu haqida kasallik tarixiga yozib qo‘yishadi.

Keling, hozir insonning turli his-hayajonli yoki ruhiy zo‘riqish va tasavvurimizdagi turli fikrlarga organizmning javobini ko‘rib chiqamiz. Inson hayajonlanganda uning yurak urishi tezlashadi. Ba’zi kishilarning boshida og‘riq turadi. Hattoki, qayt qilish holatlari kuzatiladi. Bu tananing turli his-tuyg‘ularga javobidir. Endi vujudning fikrlarimizga javobini ko‘rib chiqamiz. Tasavvur qiling po‘sti artilgan, hidi ufirib turgan katta limon bo‘lagi, Siz uni qo‘lingizga olib qaradingiz, sap-sariq limon bo‘lagi usti yaltirab turipti. So‘ng uni og‘zingizga solib, tez-tez chaynay boshladingiz. Xo‘sh… so‘lak ajralishi kamida uch barobariga ko‘paydi. Bu tananing miyada paydo bo‘ladigan fikrlarga javobi.

Yana o‘qing:  Kashandalik va homiladorlik

Doimo sog‘lom bo‘lib yurishni xohlagan inson quyidagilarga rioya qilishi zarur:

1. Tashqi muhitda qanday voqealar sodir bo‘lishidan qat’i nazar ijobiy his-tuyg‘ular bilan tanani oziqlantirish zarur.

2. Fikrlarni nazorat qilib turish kerak. Ularda o‘zingizga nisbatan befarqlik, o‘z-o‘zidan qoniqmaslik kabilar paydo bo‘lsa organizm shu zahotiyoq javob reaksiyasini beradi. Kasallikdan tuzalishni xohlagan inson esa xastalikdan ko‘ra ko‘proq sog‘lom bo‘lishi haqida fikr yuritishi darkor.

Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, bizning salbiy o‘y-fikr va tuyg‘ularimiz ba’zida har qanday mikrob yoki tashqi ta’sirdan ko‘ra ko‘proq tanamizga zarar yetkazishi mumkin. Masalaning ikkinchi tomoni esa ijobiy fikr va tuyg‘ularni biz vujudimizni boshqarishda kuchli iroda vositasi sifatida ishlatishimiz mumkin.

 

Hilola PRIMUHAMEDOVA,

Shayxontohur tibbiyot kolleji o‘qituvchisi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: