Javobgarlikka tortilishi mumkinmi

Yangi bino uchun qurilish ishlari olib borayotgan shaxslar atrof-muhitni asrash qoidalariga rioya etmaganligi sabab javobgarlikka tortilishi mumkinmi?

Ya. JAVLONOV,

Toshkent shahar Shayxontoxur tumani

 

Atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik – ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksning 88-moddasiga asosan: Qurilish ishlarini va boshqa ishlarni bajarish chog‘ida yonilg‘i moddalar va binokorlik materiallarini to‘plash, maxsus texnik qurilmasiz ochiq alanga oldirib ularni yoqish, bitum eritishda atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik – fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa – fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Dala va aholi punktlarida xazon va shox-shabbalarni yoki o‘simliklarning boshqa qoldiqlarini yoqib yuborish, atmosfera havosini zararli moddalar bilan ifloslantirishga olib kelsa – fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan.

 

Laylo ALLAYOROVA,

Poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi 5-sonli DNI notariusi

Yana o‘qing:  Qo‘shiqlarning qadimiysi va a’losi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: