“QISH ERTAGI” TORTI

Kerakli mahsulotlar: 400 ml. suyuq qaymoq. 280 gr. qora shokolad, 140gr. un, 180 gr. saryog‘, 4 dona tuxum, 10 gr. kakao, 240 gr. shakar, 500 ml. suv, 160 gr. oq shokolad, 20 gr. kofe kukuni, 10 gr. xamir yumshatgich, 40 gr. smetana kerak bo‘ladi.

Tayyorlanishi: Dastlab issiq suv bilan kofe kukunini obdon aralashtirasiz. So‘ngra qora shokoladni kichik bo‘laklarga bo‘lasiz. Saryog‘ni ham bo‘lakchalarga bo‘lib, barcha masalliqni yaxshilab qorishtirasiz. Hosil bo‘lgan qorishmani shokolad erigunga qadar suv hammomida ushlab turing. Boshqa idishda kakao bilan un, shakarning yarmi, xamir yumshatgichni aralashtiring.

Tuxumni smetana hamda qolgan shakar bilan obdon ko‘pirtiring. Barcha shokoladli va xamirli masalliqni aralashtiring. Baland devorli qolipga yog‘ surib xamirni tekis qilib joylang. Keyin uni 185 darajali haroratda qizdirilgan gaz duxovkasida 1 soat davomida pishiring. Lochira sovugach uni uch bo‘lakka bo‘ling.

Bezash uchun krem tayyorlash: Maydalangan oq shokoladni suyuq qaymoq bilan aralashtirib, shokolad eriguncha bug‘da pishirasiz. So‘ng­ra masalliqni 1 soat muzlatgichda ushlab turing va obdon aralashtirib lochiraga tayyor bo‘lgan kremni bir tekis qilib surasiz va 2-3 soatga muzlatgichga qo‘yasiz. Unga qo‘shimcha ravishda shokoladli qiyom tayyorlab ham tortni bezatish mumkin.

F.SAYFULLAYEVA

tayyorladi

Yana o‘qing:  Pista (hajviya)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: