BAXTIYOR elga bunyodkorlik yarashadi

Yurt tinchligi nafaqat oilalar mustahkamligi, balki uning ijtimoiy ta’minoti hayotimiz farovonligiga ham bog‘liq, albatta. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda aholini, ayniqsa, yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashga alohida ahamiyat berilayotgani ana shu sa’y-harakatlarning, farovonlikning belgisidir.

O‘ziga xos qadriyatlari, urf-odatlari bilan ajralib turadigan Qoraqalpog‘iston Respublikasida Keksalarni e’zozlash yilida ushbu hudud bo‘yicha 118 ta qurilish manzilli dasturga kiritilib, 110 milliard so‘mdan ziyod ijtimoiy mablag‘ sarflanishi rejalashtirilgan edi. Ana shu dastur asosida 22 ta hududda maktab, o‘nta kollej va tibbiy muassasa, sakkizta bolalar sporti inshooti, 60 ta aholi turar joyini suv bilan ta’minlash kabi bunyodkorlik ishlari amalga oshi­rildi. Shuningdek, beshta sport zali, uchta bolalar va o‘smirlar sport maktabi bo‘yicha qurilish ishlari to‘liq yakunlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 6-fev­raldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori doirasida 58 yosh oila yangi turar joyga ega bo‘ldi. Bu yerda kim bilan suhbatlashmang, bugungi turmush sharoitining afzalliklarini ta’kidlab, o‘z minnatdorliklarini izhor etadilar. Ulardan biri Nasiba Qutlimuratova. U hozirgi kunda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti magistratura yo‘nalishining “Davlat huquqi va boshqaruv” mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olmoqda. Talabaga mustaqilligimizning 24 yilligi arafasida “Kamolot uylari”dan biri nasib etdi. Bu ezgulik bejiz emas. U o‘zining ilmga chanqoq va tashabbuskorligi bilan tengdoshlari orasida ajralib turadi. Nasiba Qutlimuratova 2012-2013-o‘quv yilida Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi bo‘ldi.

– Mamlakatimizda amalga o­shirilayotgan tub islohotlar zamirida yurtdoshlarimizning tinch va osuda hayoti mujassam. Bu qalbimizga faxr va g‘urur baxsh etadi. Biz yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, ota-ona hamda ustozlarimning ishonchini oqlayotganimdan mamnunman. Bu yaratilgan imkoniyatlar, ishonch va rag‘bat menga yanada mas’uliyat yuklaydi. Albatta oilamning osoyishtaligi ko‘ngil xotirjamligidir. Barcha qulayliklarga ega bo‘lgan yangi uy quvonchimizga quvonch qo‘shdi. Davlatimiz tomonidan berilgan uy Yangi yilga munosib sovg‘a bo‘ldi. Bu bizlarni yanada muvaffaqiyatlarga undaydi, – deydi N.Qutlimuratova.

Ta’kidlash joizki, 2010-2014-yillar davomida 14 ta tumandagi 46 mavzeda hammasi bo‘lib 2 ming 332 ta uy-joy qurilib, aholiga foydalanishga topshirildi.

Eng chekka tumanlardan hisoblangan Amudaryo tuman markazi keyingi yillarda o‘z qiyofasini butunlay o‘zgartirdi. Markaz­dagi ulkan bunyodkorlik ishlarini ko‘rgan ko‘z quvonadi. Mang‘it shahrining “Gulzor” mahallasida esa “Kamolot shaharchasi” tashkil etilib, 4 qavatli 48 kvartirali turar-joylar qurilib, foydalanishga topshirildi. Ayniqsa, bolajonlar uchun yangi istirohat bog‘ining barpo etilgani ularga olam-olam shodlik ulashdi. Ana shunday chekka hududlardan yana biri Qipchoq tumanidagi 2-sonli musiqa va san’at maktabi zamonaviy qiyofada. Bu yerda yana 13 ta sport inshootida yoshlar o‘zlari xohlagan sport turi bilan shug‘ullanishlari uchun imkoniyat yaratilgani yosh avlodga qaratilayotgan yuksak e’tibordan darak berib turibdi.

Яна ўқинг:  Олтиндан қиммат ўсимлик

Eng muhimi 2010-2015-yillar mobaynida tumandagi oltita mavzeda zamonaviy tipdagi uy-joylar bunyod qilindi. Barcha sharoitlarga ega ushbu turar-joylar zamonaviyligi va qulayligi bilan xonadon egalariga manzur bo‘lmoqda. Aholi shahardan qolishmaydigan tabiiy gaz, ichimlik suvi, elektr-energiyasi bilan ta’minlangan xonadonlarda istiqomat qilishmoqda.

Chimboy tumani aholisi ham toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi. Jumladan, “Toza yo‘l” ovul fuqarolar yig‘ini markazidagi “Anna” ovuli, “Do‘stlik” va “Temir yo‘l” guzari, hamda “Tazqara” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi “Ulkan Qanli” mavzesi aholisi uchun suv tarmoqlari yangidan bunyod etilib, foydalanishga topshirildi.

Muxtasar aytganda, Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, bunyodkorlik ishlari zamirida aholining tinch va farovon hayoti sari intilishi o‘z aksini topgan. Zero, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka erishgan yurtda rivojlanish bo‘ladi. Xalqi farovon yashayotgan, farzandlari barkamol ulg‘ayotgan yurtning kelajagi esa hamisha porloqdir.

SHU O‘RINDA

Yangi 2016 – Sog‘lom ona va bola yilida Qoraqalpog‘iston Respublikasi miqyosida o‘n ikki tumandagi o‘n sakkizta mavzeda 668 ta yangi uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan.

Feruza NURILLAYeVA,

Muhabbat XO‘JAMURODOVA,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: