Yil quvonchlari

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – baxtimiz qomusi! Unda farzandlik, ota-onalik burchimiz, majburiyatlarimiz, haq-huquqla­rimiz belgilab berilgan. Bular milliy qadriyatlarimiz bilan uyg‘un bizga mustaqillik bergan ne’matdir. Davlatimizning keksalarga e’tibori, o‘g‘illarimning g‘amxo‘rligi tufayli  Chinobod sanatoriysida dam olyapman. “Keksalik fasllarning qishidir, unga iliqlik kiritish farzandlar ishidir”, deydi dono xalqimiz. Sihatgohning shifobaxsh suvi,  shifokor va hamshiralarning biz dam oluvchilarga o‘z vaqtida ko‘rsatgan e’tibori hamda qilinayotgan muolajalar bizga kuch-quvvat va shijoat baxsh etdi.

Zero, Konstitutsiyamizning 40-mod­dasida “Har bir inson ma­lakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega” deb belgilab qo‘yilgan.  Bu biz fuqarolarning salomatligini asrashda haq-huquqlarimizni muhofaza qiladi.

Hayotimdagi eng quvonchli kunlarimdan yana biri muqaddas Makka-yu Madinaga ziyoratga borganim bo‘ldi. Haj safariga borish har bir musulmonning ezgu orzusi. Mustaqillik yillaridan boshlab  bu ma­salaga jiddiy e’tibor berila boshlandi. Safarda yurib “Bir siqim tuproq”, “Sog‘indim” deb nomlangan she’rlarimni bitdim. Ushbu she’rla­rim “Mehrnoma” deb nomlangan kitobimda chop etildi. Ijodkor sifatida ham menga omad kulib boqdi. Bu yil respublikamizning  mustaqilligi arafasidagi “Eng ulug‘, eng aziz” ko‘rik-tanlovida g‘oliblik baxtiga muyassar bo‘ldim. Baxtli keksalik gashtini surayotganimdan va hayotning shunday shirin quvonchlari nasib etganidan behad shodman.

O‘zbekiston Respublikasi ­Prezidenti tomonidan yangi 2016-yilni Sog‘lom ona va bola yili deb nomlanishi bizni yanada xursand qildi. Zero, kelajak avlodning ma’nan hamda jismonan sog‘lom bo‘lishi ona Vatanimiz uchun ham, oilamiz uchun ham ko‘p quvonchlar eshigining ochilishi hisoblanadi. Bu yo‘lda amalga oshirilayotgan ezguliklar ko‘payaversin, yurtimizning yanada taraqqiy etishida kamarbasta bo‘layotgan hamyurtlarimizni kirib kelayotgan  yangi 2016 – Sog‘lom ona va bola yili bilan qutlayman!

Qosimjon YoQUBOV,

O‘zbekiston Respublikasi Xalq o‘qituvchisi,Toshkent viloyati, Bekobod tumani

 

– Biz O‘zbekiston sportchilari o‘zimizni eng baxtli yoshlar deb ayta olamiz. Qo‘lga kiritayotgan yutuqlarimiz mustaqilligimiz sharofatidir.  Bolaligim arig‘-u anhorlar, daryo-yu ko‘llar sohillarida kechgan.

O‘sha vaqtlardan boshlab sportning akademik eshkak eshish turiga bo‘lgan mehrim ortdi. Bora-bora musobaqalarda zafar qucha boshladim. Akademik esh­kak eshish bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempioni degan sharaf­li nomga sazovor bo‘ldim. Olimpiada o‘yinlari, “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” kabi muso­baqalarda yuqori yutuqlarga erishdim. Bu borada jonajon Vatanim menga yuksak marralarni zabt etishim uchun qo‘sh qanot bo‘lmoqda. Bu Prezidentimizning e’tibori va qo‘llab-quvvatlashi natijasidir. O‘tgan yillar mobaynida yaratilgan sharoitlardan keng foydalangan holda ushbu e’tiborga munosib bo‘lishga harakat qildim. Yangi yil ham omadli kelishiga i­shonaman. Kelayotgan Yangi yilda sizni yuksak zafarlar tark etmasin. O‘tayotgan har bir kunimiz bizga mamnuniyat taqdim etsin.

Яна ўқинг:  Писта (ҳажвия)

Umar TUROPOV ,

akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston chempioni

 

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: