Karla FODOR. SOVG‘A

Yetti yashar qizim Tamiko shu kunlarda juda xursand. U Yangi yil kirib kelishini va Qorbobo hammaga sovg‘a ulashishini intiq bo‘lib kutmoqda. Bugun Tamiko maktabdan qaytiboq, xonasiga kirib oldi. Hech kim kirmay turishini aytdi. Bilishimcha, uning qo‘li to‘la sovg‘a edi. Birozdan so‘ng u eshikni ochdi va o‘ralgan sovg‘alarini archa tagiga terib qo‘ydi. Erim bilan asta ularga ko‘z yugurtirdik. Tamiko sovg‘alarning ustiga “onamga”, “dadamga”, “ukamga” deb yozib qo‘ygandi. Mamnun holda qizimning boshini siladim. Bir payt menga atalgan sovg‘aning orqasida turgan yana bir qutiga ko‘zim tushdi. Tamiko unga “buvimga” deb yozib qo‘ygandi. Yuragim zirillab ketdi.

Qizimning umidbaxsh ko‘zlariga termilib, nima deyishni bilmay qoldim.

– Axir hamma sovg‘asini ochgani keladi-ku, to‘g‘rimi, oyi? – dedi u ilinj bilan.

Gap shundaki, uning buvisi bundan to‘rt hafta ilgari olamdan o‘tgandi. Hammadan ko‘ra, buvisini yaxshi ko‘radigan Tamikoning bu tuhfasidan uyimizga onamiz qaytgandek bo‘ldi.

Ingliz tilidan NODIRABEGIM tarjimasi

Yana o‘qing:  EY, SIZ AYOLLAR...

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: