Kichkintoyning kundalik taomnomasi

Sog‘lom ovqatlanish qoidasiga rioya qilishni bolajonlarga kichik yoshidan o‘rgatish, ularning keyinchalik me’da-ichak tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklar, anemiya, allergiya kabi xastaliklarga chalinishdan xolos etadi. Asosan, bir yoshdan boshlab bolajonlar qo‘shimcha oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qila boshlashadi. Ana shu davr bolalar uchun o‘ziga xos sanaladi.

Uning o‘ziga xosligi shundaki qaysidir mahsulot bolaga xush yoqadi va yana qaysidir taom sababli unda noxush (allergiya, ich ketishi, qayt qilish) holatlari yuzaga keladi. Bunda mahsulotlarning turiga ahamiyat qaratish muhim sanaladi. Ko‘pchilik agar bola sog‘lom bo‘lsa, uning ovqatlanishini nazorat qilmaslikni to‘g‘ri deb biladi. Bu noto‘g‘ri qarash. Ota-onalar farzandlarining sog‘lig‘iga e’tiborli bo‘lishni ularning tanovul qiladigan mahsulotlaridan boshlashi kerak.

Aziz onalar, farzandingiz uchun ajoyib taomnomani tavsiya etamiz. O‘ylaymizki, mazkur taomnoma ro‘yxati bola parvarishida sizga yaqin ko‘makchi bo‘ladi.

Bir yoshli bola uchun ertalabki nonushtaga sutli bo‘tqa, tvorog, quymoq hamda qaynatilgan tuxum tavsiya etiladi. Ichimliklardan shakarsiz choy yoki na’matak damlamasini berishingiz mumkin. Ertalabki nonushtaga sutli bo‘tqa, bir bo‘lak mevalardan yoki ulardan tayyorlangan pyure (uni bo‘tqaga solib yoki alohida berishingiz mumkin). Buning o‘ziga xos ta’mi farzandingizga albatta manzur keladi. Bo‘tqa kunlik ratsionda 150-200 mldan oshmasligi lozim. Unga 5 gr. dan ko‘p bo‘lmagan sariyog‘ solsangiz kifoya. Bu bola organizmi uchun yengil taom bo‘lib, hazm qilish jarayonini osonlashtiradi. Bu yoshda bolaning taom ratsioniga yangi bo‘tqalarni kiritish mumkin. Masalan, bo‘tqani arpa, javdar (qora bug‘doy) uni mahsulotlaridan tayyorlash mumkin. 1, 5 yoshdan bola taomnomasiga kattalar bo‘tqasini kiritsa ham bo‘ladi. Ya’ni, bug‘doy, suli yormasidan tayyorlangan bo‘tqalar tavsiya etiladi.

Ajoyib, yengil hazm bo‘ladigan totli bo‘tqa

Bir stakan grechixa yormasini sovuq suvda yuvib olamiz. Uni sirli idishga solib, ikki stakan suv aralashtirib, ustini berkitamiz. 2-3 soatdan so‘ng yorma barcha suvni o‘ziga shimib oladi. Yormaga ta’bga ko‘ra tuz solib, qaynatib 2-3 daqiqa davomida pishirib olish lozim. Dasturxonga tortishdan oldin taomga sariyog‘ yoki ozgina sut solib bersangiz bo‘ladi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, ayrim mutaxassislar sutni boshqa mahsulotlar bilan aralashtirishni tavsiya etishmaydi.

Yana o‘qing:  KICHKINTOY QANDAY OVQATLANADI?

Tushlik dasturxoni

Bolajoningizning tushlik dasturxoniga sabzavotlardan tayyorlangan salat va sho‘rva tortiladi. Bu bolani yanada quvvatli, sog‘lom o‘sishiga yordam beradi. Misol uchun sabzavotli salatga bodring, pomidor yoki sabzini qirg‘ichdan chiqarib, ustiga o‘simlik yog‘i (5-7 gr. ) yoki smetana (5-10 gr. ) solinadi. Sho‘rvasiga sutli vermishelni tayyorlasangiz ham bo‘ladi. Ammo eslatib o‘tamiz. Yosh bolaga makaron mahsulotlaridan tayyorlangan taomlarni tez-tez berish tavsiya etilmaydi. Haftasiga 1 marotaba (30-35 gr. ) bersangiz kifoya. Rangli karam, shovul va boshqa sabzavotlardan tayyorlangan ajoyib sho‘rva bolangizning ishtahasini ochishi aniq. Shuningdek, go‘sht va baliq mahsulotlaridan tayyorlangan sho‘rva ham bolangiz uchun tansiq taom hisoblanadi. Bola taomnomasida baliq mahsulotlari haftasiga 80 gr. dan oshmasligi kerak. Dasturxonga navbatdagi taom tortiladi: sarxil sabzavotlardan tayyorlangan pyure; bir yoshga to‘lgan bolajonga lavlagi, sholg‘om, yashil no‘xot, ko‘katlar va boshqa sabzavotlar bersa bo‘ladi. Ammo eslatib o‘tamiz, kartoshkani bolalar taomnomasida ko‘p ishlatmang. Zero, uning tarkibida ko‘p miqdorda kraxmal bor. Ichimliklardan: mevalardan tayyorlangan tabiiy kompot, kisel yoki mevalardan tayyorlangan choy berish mumkin.

Kechki choy

Kefir, yogurt, sut, qotirilgan non, tvorog (agar ertalabki nonushtaga berilmagan bo‘lsa), mevali salat berishingiz mumkin. Qirg‘ichdan chiqarilgan olma, nok, banan salati. Shuningdek, bu mevalardan bo‘tqaga aralashtirib bersangiz, bola uchun foydali hamda mazali bo‘ladi. Meva va reza mevalardan(qulupnay, maymunjon, malina, qora qorag‘at(smorodina))mevalari kechki nonushta uchun juda yaxshi mahsulot. 1, 5 yoshdan boshlab bolangizga kam miqdorda mazali oladi(quymoq), tvorogli quymoq bersangiz bo‘ladi.

Kechki ovqat

Go‘dakning kechki dasturxoniga sabzavotli, go‘shtli taomlardan tavsiya etish mumkin. Qovoqli suli bo‘tqa, dimlab pishirilgan lavlagi hamda olmali bo‘tqa bilan qiymali qovurilgan sabzavot. Shu bilan birgalikda mevali pyure hamda sharbat(kun davomida bolaga 100 gr. dan oshmagan mevali pyure hamda 100 ml. dan ko‘p bo‘lmagan sharbat tavsiya qilinadi) Muntazam ravishda go‘shtli mahsulot va bo‘tqani kechki ovqatga berish tavsiya etilmaydi. Bu bolaning ovqat hazm qilish jarayonini qiyinlashtiradi.

Uyqudan oldin

Agar farzandingizni ko‘krak suti bilan boqsangiz unga qo‘shimcha ovqat shart emas. Unday bo‘lmasa bolalarga yengil hazm bo‘ladigan bolalar kefiri tavsiya etiladi. Bu yoshdagi bolalar ratsioniga tort, pirojniy, shokoladli konfet kiritilmaydi.

Yana o‘qing:  O‘smirlik davri psixologiyasi

Bu bilan bolani shirinlikdan cheklang demoqchi emasmiz. Uning o‘rniga marmelad, murabbo, mevali jem, qiyom(meva sharbatiga shakar qo‘shib pishirilgan xamirsimon shirinlik)lardan berishingiz mumkin. 1-1, 5 yoshdagi bolalarni 4-5 marotaba ovqatlantirish lozim. Bolangizning ovqatlanish tartibiga qat’iy rioya qiling. Bu bolada ovqatlanishga shartli refleksni hosil qilishga yordam beradi. Bolangiz yoshiga nisbatan mos keladigan ozuqaviy moddani olishini nazorat qiling. Zero, bu uning sog‘lom va baquvvat o‘sishida muhim o‘rin tutadi.

1 yoshdan 1, 5 yoshgacha bo‘lgan bolaning ovqatlanish hajmi 100-200 ml, 1, 5 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolaniki esa 1400–1500 ml. ni tashkil etishi kerak.

Gulnoza EGAMBERDIYEVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: