O‘ZINI EPLAGAN ER

Feruz Matyoqubov chizgan rasm.

(hajviya)

Ishxonaga erta kelib olgan xodim xonada u yoqdan bu yoqqa yurgancha betoqatlanib, ammo xursand holda o‘ziga-o‘zi gapirardi:

– Mana o‘zimni o‘zim ham eplarkanman-ku. Nuqul xotin: “mensiz bir kun ham o‘zingizni eplolmaysiz” derdi. Mana, kecha urish qilib: “Mensiz qanday yasharkansiz, bir qadrimni biling” deb ketgandi. Aksincha, o‘zim erta turib, oshxonaga borib ovqatlanishgayam ulgurib, ishga ham erta keldim. Qolganlar esa haligacha kelishgani yo‘q.

Shu vaqt qorovul eshikdan mo‘raladi. Xodim uni chaqirib:

– Qandaysiz, qorovul buva, ahvollar, bola-chaqa, deganday? – deya so‘rasha ketdi. Hayron bo‘lgan qorovul: ha, boshliq, bugun qiladigan zarur ishingiz bormidi? Yana xursandsiz, tinchlikmi? – dedi.

– Qayerda, men bugun o‘zimning haqligimni isbotladim. Lekin negadir boshqalar ko‘rinmaydi? – dedi xodim.

Hayronligi yanada oshgan qorovul dedi:

– Nega kelishi kerak? Axir bugun bayram, dam olish kuni…

Oyjamol MUQIMOVA

Yana o‘qing:  “Kamolot” IV qurultoyi: yoshlar hayotida qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: