POLVONLARIMIZ MUVAFFAQIYATI (2015-50)

Latviyaning Daugavpils shahrida yunon-rum kurashi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. Sport ustasi Pavel Krupenin xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi kurashchilari ham ishtirok etishdi.

Saralash bahslarida Litva, Shvetsiya va Belarus terma jamoalaridan ustun kelgan hamyurtlarimiz musobaqaning hal qiluvchi final uchrashuvida Rossiya terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratib, bosh mukofotni qo‘lga kiritishdi.

G‘olib bo‘lgan terma jamoamiz tarkibidan Javohir Mirahmedov (55 kg), Qamariddin Zayniddinov (60 kg), Mirzobek Rahmatov (66 kg), Abubakr Alimov (74 kg), Jalgas Berdimuratov (84 kg), Ermatbek Shermatov (96 kg) va Daler Rahmatov (120 kg)lar joy olishgan edi.

T.ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: