Qatralar (2015-50)

ORZU

Uning o‘ziga yetib bo‘lsayam oxiriga yetib bo‘lmaydi. Shundoqqina bittasiga yetsangiz, boshqasi paydo bo‘laveradi. So‘ng… yana boshqasi… Xullas, oxiri ko‘rinmaydi. U istak bo‘lib, insonni oldinga undab turadi. Unga intilib, talpinib, umrning so‘nggi bekatiga yetib kelganini sezmay qoladi kishi.

Qiziq, insonning hayoti tugasa ham istagi – orzusi tugamaydi, hatto vasiyatiga ham singib ketadi u.

O‘XSHASHLIK

Osmonning yuzini qoplagan qora bulutni faqat yomg‘ir yoki jalagina parchalab tashlaydi va samoning yuzi yorishib, yerga nur inadi.

Inson xuddi osmonga o‘xshaydi. Yo so‘z bilan, yo ko‘z yosh bilan ichidagini to‘kib tashlamasa, yuragidagi zulmatni quvolmaydi…

OYNA

Odamni bilmoqlik uchun chiroyli so‘zi va chiroyli suvrati mezon emas, aldamchi. Ko‘nglini esa ko‘rib bo‘lmaydi. Biroq, ba’zan kichik bir amali ham uning siyratiga oyna bo‘ladi.

Qilgan amali – bu odamning oynasi.

Lola O‘ROQOVA

Yana o‘qing:  No‘xatli taom

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: