Yurtga muhabbat tarannumi
Yakkasaroy tumaniga qarashli 118-umumta’lim maktabining 5 “A”-sinf o‘quvchilari tomonidan Vatanimiz madhiyasi qabul qilingan kunning 23 yilligi munosabati bilan “Davlat ramzlari – mustaqillik asosi” deb nomlangan tadbir tashkil etildi.
Tadbirning o‘tkazilinishidan maqsad unib-o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbida milliy g‘urur, iftixor, o‘z yurtidan faxrlanish hissini yanada oshirishdir. Tadbir boshida ishtirokchilar mamlakatimiz madhiyasini birgalikda ijro etishdi. So‘ng o‘quvchilar davlatimizning shonli tarixidan ma’lumotlar keltirib, Vatanga sadoqat, fidoyilik kabi insoniylik fazilatlarini tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar kuylab, she’rlar o‘qildi.
S. ELBOYEV