YONG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGIDA FAOL ISHTIROK ETAYLIK
Respublikamizda yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 18 noyabrdagi “Har yil yong‘in xavfsizligi oyligini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 20 noyabr kunidan 20 dekabrga qadar “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkazilishi belgilandi.
Xalq xo‘jaligi maskanlari va aholi turar joylarini yong‘in xavfsizligi talablariga mos holga keltirish, korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlarini hamda fuqarolarni yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish borasidagi mas’uliyatlarini oshirish, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish maqsadida aholi o‘rtasida keng qamrovli targ‘ibot-tashviqot va tushintirish ishlarini olib borish “Yong‘in xavfsizligi oyligi”da eng asosiy vazifalaridan deb, belgilangan.
Hozirgi kunda turli korxonalar, maktab, litsey, kollejlar, tibbiyot maskanlari qurib bitkazilmoqda. Bu binolar, albatta zamonaviy texnika vositalari bilan jihozlanishi, zamon talabiga javob beradigan darajada qurilishi lozim. Ammo shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, o‘z ishiga sovuqqonlik bilan qarash, qurilayotgan binolarga ayrim hollarda jiddiy e’tibor bermaslik hamda loqaydlik oqibatida yong‘in xavfsizligi xizmatining talablari ikkinchi darajaga tushib qolish hollari ham uchramoqda. Bu esa, yong‘in kelib chiqishining ehtimolini oshiradi. Bu kabi ko‘ngilsiz holatlar yuzaga kelmasligi uchun barchamiz doimo ogoh bo‘lishimiz lozim.
Karimjon TALIPOV,
O‘zbekiston Respublikasi IIV YOXBB muhandisi