Kulgu – shifo (2012/52)
Yangi yil kechasi. Stoldagi sanchqilardan biri sirg‘alib polga tusha boshlagandi, uy egasi uni ushlab qoldi:
– Xudoga shukur! Agar sanchqi yerga tushib ketganda, uyimizga chaqirilmagan mehmonlar kelishardi.
Shunda qizi ichkariga kirib, baland ovozda qichqirdi:
– Dada! Kichik xolam biznikiga “Yangi yil” kutgani kelayotgan ekan, liftda qamalib qolibdi.
* * *
Pazandalikka o‘qiyotgan qizidan onasi so‘radi:
– O‘zlaring pishirgan narsalarni yeyishlaringga ham ruxsat berishadimi?
Qizi yig‘lab javob berdi:
– Majburlashadi…