Mijoz va uning xususiyatlari (davomi)

test savollari orqali o‘zingizni sinab ko‘ring

Mijoz har bir insonda tug‘ma xususiyatga ega bo‘ladi. Odamning qobiliyati, faolligi, kuch-g‘ayrati va hayot tarzi hamda qay darajada ta’sirchanligi uning mijoziga bog‘liq. Shuningdek, xalq tabobatida odamning yoshiga qarab issiq, sovuq va mo‘tadil mijoz farq qiladi. O‘z navbatida bu ham ho‘l va quruq kabi xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. Turli xil testlar orqali inson mijozini aniqlash orqali fe’l-atvorini bilish mumkin. Quyida biz tavsiya etayotgan test orqali insonlar qaysi temperamentga kirishini bilib olasiz. Ayzenk doirasi bo‘yicha mijozni aniqlashda 57 ta savolga “ha” yoki “yo‘q”, deb javob berishingiz kerak.

1. Sizni tez-tez yangi taassurotlarga boy sarguzashtlar o‘ziga jalb etadimi?

2. Eski qadrdonlarni qo‘msab, ularning sizni qo‘llab-quvvatlashlariga ehtiyoj sezasizmi?

3. O‘zingizni bezarar odam deb hisoblaysizmi?

4. Ko‘zlagan maqsadingizdan voz kechishingiz osonmi?

5. Bir ishni uzoq o‘ylab, keyin harakat qilasizmi?

6. O‘zingizga foydasi bo‘lmasa ham bergan va’dangizning ustidan chiqasizmi?

7. Kayfiyatingiz tez-tez o‘zgarib turadimi?

8. Umuman olganda o‘ylamasdan, tez gapirasizmi? Harakatlaringiz ham shunga yarashami?

9. Siz jiddiy sabablar bo‘lmasa ham o‘zingizni baxtsiz his etganmisiz?

10. Bahs-munozarali vaziyatlarda raqibingizdan g‘olib chiqish uchun hech narsadan tap-tortmaysizmi?

11. Begona odam bilan hamsuhbat bo‘lib qolsangiz uyatchanligingiz pand beradimi?

12. Jahlingiz chiqsa “aqlingiz qochadi”mi?

13. Har lahzadan unumli foydalanishga harakat qilasizimi?

14. Biror narsani behuda shunday qildim-a, deya tez-tez afsus chekasizmi?

15. Birovlar bilan hamsuhbat bo‘lgandan ko‘ra kitob o‘qishni yaxshi ko‘rasizmi?

16. Sal narsa ko‘nglingizga tegib, arazlab qolasizmi?

17. Do‘stlar davrasida bo‘lishni xush ko‘rasizmi?

18. Ba’zan o‘zgalarga aytishga nojoiz bo‘ladigan o‘y-xayollar xayolingizni chulg‘ab oladimi?

19. Ayrim hollarda g‘ayratingiz jo‘shib, «tog‘ni ursa talqon qilgudek» o‘zingizda kuch-quvvat sezib, ba’zan esa bo‘shashib qolasizmi?

 20. Do‘stu birodarlaringizning soniga emas sifatiga e’tibor berasizmi? Siz uchun atrofingizda eng yaqin sanoqli insonlar bo‘lishi muhimroqmi?

21. Orzularingiz ko‘pmi?  

22. Sizga kimdir baland ovozda baqirib muomala qilsa, unga siz ham shunday javob qaytarsizmi?

23. Sizni tez-tez vijdon azobi qiynaydimi?

24. Fe’l-atvoringizdagi barcha odatlar o‘zingizga ma’qul keladimi?

25. O‘z hissiyotlaringizga erk berib, sho‘x davrada bemalol o‘ynab-kulaolasizmi?

26. Asablaringiz tez-tez taranglashib turadimi?

27. Sizni quvnoq va serharakat inson deyish mumkinmi?

28. Biror ishni qilib bo‘lgach, xayolan ortga qaytib shu ishni yanada yaxshiroq bajarishim mumkin edi deb o‘ylaysizmi?

29. Siz do‘stlaringiz davrasida o‘zingizni xotirjam tutasizmi?

30. Mish-mishlar tarqatishga o‘zingizda moyillik sezasizmi?

31. Turli o‘y-fikrlar xayolingizni chulg‘ab olgani tufayli ba’zan uxlay olmaysizmi?

32. Biror narsa xususida ma’lumot olgingiz kelsa, bu haqida do‘stlaringizdan so‘raysizmi yoki kitobdan o‘qib olasizmi?

33. Yuragingiz tez-tez urib ketadimi?

34. Sizga diqqat-e’tiborni talab etadigan ishlar yoqadimi?

35. Ba’zan a’zoi badaningizda titrash his etasizmi?

36. Agar aytgan so‘zlaringiz oshkor bo‘lishini bilganingizda, o‘zgalar oldida umumiy qabul qilingan so‘zlardan nariga o‘tmasmidingiz?

37. Sizga bir-birining ustidan kulib, mazax qiladigan odamlar davrasida bo‘lish yoqmaydimi?

38. Siz tez ta’sirlanib, asabiylashasizmi?

39. Sizga tez harakat qilish zarur bo‘lgan mehnat faoliyati yoqadimi?

40. Turli ko‘ngilsiz voqealar va dahshatli hodisalar ko‘z o‘ngingizdan o‘tib ba’zan tinchingizni buzadimi? Holbuki, bu haqida xavotirlanishga o‘rin bo‘lmasa ham bezovta bo‘lasizmi?

41. Siz sekin qimirlashingizni bilasizmi yoki o‘z hatti-harakatlaringizdagi xotirjamlikni his etasizmi?

42. Qachondir ishga yoki uchrashuvga kechikkanmisiz?

43. Tez-tez yomon tushlar ko‘rib turasizmi?

44. Ko‘p gapirishni yaxshi ko‘rasizmi? Har bir notanish kimsa bilan hamsuhbat bo‘lishga ishtiyoqingiz balandmi?

45. Og‘riqlar sizni bezovta qiladimi?

46. Uzoq vaqt do‘stu birodarlaringiz bilan ko‘risha olmasangiz siz o‘zingizni baxtsiz his etasizmi?

47. O‘zingizni asabiy odamman deb hisoblaysizmi?

48. O‘zingiz bilgan odamlar orasida sizga umuman yoqmaydiganlari ham bormi?

49. Siz «men o‘zimga ishonaman» deya aytaolasizmi?

50. Tanqidni ko‘taraolasizmi?

51. Do‘stona yig‘inlarda haqiqiy dam olib bo‘lmaydi deb hisoblaysizmi?

52. Siz o‘zingizni birovlardan qaysidir jihatlarim bilan kamman deya o‘ksinasizmi?

53. Zerikarli davrani jonlantira olasizmi?

54. O‘zingiz bilmagan narsalar xususida ham ba’zan fikr bildirib turasizmi?

55. Sog‘lig‘ingiz sizni tashvishga soladimi?

56. O‘zgalar ustidan kulib, hazilga olib mazax qilasizmi?

57. Tunlari uyqusizlik sizni bezovta qiladimi?

Agar siz savollarga to‘g‘ri javob bersangiz u yoki bu mijozga xos belgilar necha foizni tashkil etganini e’tiborga olsangiz ( ya’ni, 40 foiz) mijozingizni aniqlay olasiz. Mijoz va uning xususiyatlari xususidagi ma’lumotlar o‘tgan sonimizda berilgan.

Yana o‘qing:  O‘quvchilarga xos kasallik

AYZENK TESTI

Shaxsning fe’l-atvorini aniqlashda G.Ayzenk testi ham qo‘l keladi. Bunda har bir insonning xarakateridagi asosiy ko‘rsatkichlar muhim o‘rin tutadi. Ya’ni, ekstraversiya-intraversiya va neyrotizm. Shaxsning ichki olamini boyitishga intilishi va uning tashqi dunyoga bo‘lgan munosabati qay darajada shakllangan hamda uning ruhiyatida his-hayajonlarga berilishi xavotir, asabiylik yoki xotirjamlik e’tiborga olinadi. Ushbu jihatlar har bir insonning kasb-kor tanlashida va kelgusi faoliyatida, shuningdek, vazifasiga qay darajada mas’uliyat bilan yondashuvida muhim ahamiyatga ega.

Ekstraversiya — bu shaxsning tashqi olamga, atrofidagi insonlarga, voqea-hodisalarga bo‘lgan munosabati. Ekstravertlar hamma bilan tez til topishadigan, vaziyatga tez moslashadigan, tashabbuskor, hayotga chanqoq, o‘tkir aql sohibi va yetakchilikka intiluvchan bo‘lishadi. Shu bilan birga ular ba’zan o‘zlariga topshirilgan vazifaga mas’uliyat his etishmaydi. Haddan ziyod ishonuvchan bo‘lishadi va ayrim holatlarda shu sababli o‘zgalar ta’siriga beriluvchan bo‘lishadi. O‘z qarashlarida hamisha ham sobit turaverishmaydi. Hatti-harakatlarida uzoqni ko‘raolmaslik ularga pand berib qo‘yishi mumkin. Faoliyatlarida o‘ylamasdan tez qaror qabul qilishlari raqiblariga qo‘l keladi.

Intraversiya — bu yo‘nalish shaxsning ichki olamini ko‘proq boyitishga e’tibor qaratishini anglatadi. Intravertlar sermulohaza, mustaqil, xotirjam, maqsad sari intiluvchan bo‘lishadi. Ular vaziyatga qarab moslasha olmaydilar. Mavjud real hayotdan «oyoqlari uzilgan» bo‘lishadi. Odamlar bilan munosabatda masofa saqlashadi. Ba’zan bir qarorga kelishga qiynalishadi.

Neyrotizm — asab tizimining qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining beqarorligi shaxsning fe’l-atvorida ham aks etadi. Neyrotizmning bir qutbida neyrotiklar tursa, ikkinchi qutbida esa — emotsional barqaror, o‘ziga ishongan, xotirjam shaxslarni kuzatish mumkin.

 


AYZENK DOIRASI

 

Melanxoliklar

Tez xafa bo‘ladigan,

hadiksirab xavotirga

tushuvchi, ta’sirchan,

pessimist, muomalaga

tez kirishib ketmaydigan,

og‘ir-bosiq, shuningdek, o‘jar odamlar.

 

Xoleriklar

Ta’sirchan, kayfiyatiga

qarab ish yuritadigan,

tajovuzkor, “lov etib

yonadigan”, hayotga ishonch

bilan qarovchi,

etakchilikka intiluvchan, faol insonlar.

 

Flegmatiklar

Bu toifa shaxslar

sustkash, imillagan,

 ammo har bir ishni

qunt bilan bajarishga

harakat qiluvchi,

 o‘ychan, tinchliksevar,

 maqsad sari

intiluvchan, vazmin,

 bir qolipdagi

ishlarni xush ko‘ruvchi bo‘lishadi.

 

Sangviniklar

Kirishimli,

ochiq ko‘ngilli,

ko‘p gapiradigan,

hamma bilan tez

til topishadigan,

serharakat,

qulayliklarni

Yana o‘qing:  Qon bosimini ko‘taruvchi 15 mahsulot

 xush ko‘ruvchi,

tashabbuskor

va betashvish kishilar bo‘lishadi.


 

TURLI MIJOZLAR UCHUN TAOMNOMA

An’anaviy xalq tabobatida inson salomatligi uning turmush tarziga va mijoziga qarab ovqatlanishiga bog‘liqligiga katta e’tibor qaratiladi. Tabiblarning tavsiyasiga ko‘ra 60 foiz holatlarda kasallikni dori-darmonlarsiz oqilona va to‘g‘ri ovqatlanish bilan davolash mumkin ekan. Salatlar, vinegretlar va suyuq hamda quyuq ovqatlarni insonlar o‘z mijozlari, shuningdek yil fasllari va oy fazasiga e’tibor bergan holda tanovvul etishlari zarur.

Xoleriklar va sangviniklarga salat va ko‘katlarni tabiiy holda iste’mol qilishlarini tavsiya etamiz. Flegmatik va melanxoliklar esa vinegret va sabzavotlarni qaynatilgan holda tanovvul qilsalar foydadan xoli bo‘lmaydi. Melanxoliklar, shuningdek, vinegretni tuzlangan baliq (selyodka) bilan yesalar va tez-tez tuzlangan bodring, pomidor, achitilgan karam iste’mol qilsalar sog‘liqlari uchun foydali.

 

SUYUQ OVQATLAR

Xolerik va sangviniklar suyuq ovqatlarni iliq yoki sovuq holda (qatiqli suyuq osh, mevali yoki sabzavotli sho‘rva), melanxoliklar hamda flegmatiklar esa issiq holda iste’mol qilganlari ma’qul. Shuningdek, melanxoliklar nordon karam sho‘rva (achitilgan karamdan tayyorlanadi), karam sho‘rva va turli tuzlamali suyuq ovqatlar (rassolnik, solyonka) hamda flegmatiklar suyuq ovqatlarga achchiq ziravorlar solib ichishlari maqsadga muvofiq.

Xolerik va melanxoliklar suyuq ovqatlarni ko‘proq tanovvul qilishlari kerak. Sangvinik va flegmatiklar mijoziga esa ko‘proq quyuq taomlar mos keladi. Xolerik va sangviniklarga sovutuvchi, flegmatik va melanxoliklarga isituvchi taomlar tavsiya etiladi.

Umuman olganda xalq tabobatida har bir mijozga xos alohida taomnomalar tavsiyanomasi ishlab chiqilgan. Biz keyinchalik bu xususida ham alohida to‘xtalib o‘tamiz.

 

Gulchehra ShIRINOVA tarjimasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: