Yangi yil – yaxshiliklar yili bo‘ladi

Poyoniga yetib borayotgan “Mustahkam oila yili” xalqimiz hayotida juda ko‘plab shukuhli onlarni muhrladi. Vatan ichra kichik vatan sanalmish oilalarimizning mustahkam bo‘lishi, oila a‘zolarining ijtimoiy muhofazasidan tortib, endi turmush qurayotgan yoshlarning bu muqaddas oshiyonga bo‘lgan munosabatini oshirish borasida ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun kam foizli ipoteka kreditlari ajratish, uy-joy bilan ta‘minlash, aholi turmush tarzini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda Prezident Islom Karimovning nutqini tinglab, bu ezgu ishlarning kelayotgan “Obod turmush yili”da ham bardavom bo‘lishini tinglab turib qalbim cheksiz iftixorga to‘ldi.

…Hademay, Yangi yil eshik qoqib kiradi. Poytaxtimiz ko‘chalari, bozoru savdo do‘konlar bayram dasturxoni uchun nozu ne`matlar, sovg‘a-salomlar xarid qilayotgan odamlar bilan gavjum. Barchaning chehrasida tabassum, baxtiyorlik jo‘sh urib turibdi. Ayniqsa, shu yurtning farzandi sifatida, aholi uchun qulay joylarda, istirohat bog‘larida barpo etilgan, bezatilgan ulkan archa atroflarida jonajon diyorimizda chet el fuqarolarining bayramni kutib olayotgani ruhlantirdi.

Shunday obod va osoyishta yurtda yashash – elning baxti, iqboli.

Ilm va kasb-hunar sirlarini o‘rganish uchun keng imkoniyat va sharoitlar yaratilgan ta‘lim muassasasida o‘quvchi-yoshlarga saboq beraman. Yurt farzandlarining mamlakatimizda ro‘y berayotgan mislsiz o‘zgarishlar bilan darsda va darsdan tashqari mashg‘ulotlar davomida tanishtiraman, o‘zlari ham buyuk bunyodkorlik ishlari haqida to‘lqinlanib gapiradilar.

Istagim, yoshlarimiz bu tinch-osoyishta hayotning, qadriga yetib yashasin. Bayramlar bayramlarga ulashsin!

Abdulaziz Javliyev,

2-Toshkent yuridik kolleji o‘qituvchisi

Яна ўқинг:  NODIR ISTE`DOD SOHIBI

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: