INSONIYLIK – AZIZ NE’MAT
Toshkent Moliya institutida 3 dekabr – Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab “Insoniylik – aziz ne’mat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy, xayriya tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda imkoniyati cheklangan insonlarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik haqida alohida to‘xtalib o‘tdilar.
Tadbir yakunida 2015 yil 30 noyabr kuni Olmazor tumanidagi 1-sonli nogiron bolalar “Muruvvat” uyi hamda Yunusobod tumanidagi 21-sonli “Mehribonlik” uyida Toshkent Moliya instituti jamoasi tomonidan tashkil etilgan sport musobaqalarining g‘oliblari institut jamoasi hamda talabalari tomonidan tayyorlangan maxsus medallar hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Tadbirda O‘zbekiston Xalq hofizi Orolmirzo Safarov, pauerlifting bo‘yicha O‘zbekiston va Osiyo chempioni Mirg‘ofur Haydarov, yoshlar o‘rtasida pauerfilting bo‘yicha jahon rekordchisi, parolimpiya chempioni Farhod Umrzoqov ishtirok etdi.
Muhriddin ISMOILOV,
Toshkent Moliya instituti talabasi