Bilim olish burchimiz
Poytaxtimizdagi 2-Respublika tibbiyot kollejida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga 23 yil to‘lishi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda kollej o‘quvchilari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan yoshlarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini, oila va jamiyat hamda davlat oldidagi burch va majburiyatlari haqidagi bilimlarini namoyish etdilar. Ana shu mavzuga bag‘ishlangan devoriy gazetalar tanlovida 112-guruh o‘quvchilari g‘olib deb topildi.
O‘quvchilar tomonidan ijro etilgan erta turmush qurishning oldini olishga doir sahna ko‘rinishi hamda konsert dasturi barchada katta qiziqish uyg‘otdi.
Muhabbat XO‘JAMURODOVA