Iqtisodiy bilim – to‘kin hayot sabog‘i

Hozirgi yoshlarga iqtisodiy bilim berishda ta’lim va tarbiya uzviyligi juda muhim hisoblanadi. Ana shu jihatdan olib qaralganda, bugungi o‘quvchilarning iqtisodiy savodxonligini oshirish o‘ta muhim masalalardan biridir.

Buning uchun esa ta’lim-tarbiyani izchil yo‘lga qo‘yish zarur. Ayniqsa, iqtisodiy ta’lim-tarbiya bo‘yicha darsdan tashqari fakultativ kurslar, amaliy mashg‘ulotlar, turli tadbirlar tashkil etish ijobiy samara berishi mumkin.

Turli xil iqtisodiy masalalarni boshqa o‘quv fanlaridan o‘zlashtirgan bilimlar va real hayotdan olingan misollar asosida o‘rganish o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini yanada rivojlantiradi. Darsdan tashqari iqtisodga oid mashg‘ulot va har xil tadbirlar nafaqat o‘quvchilarning iqtisodiy bilimlarini mustahkamlaydi, balki ularni axloqiy jihatdan tarbiyalash omili ham hisoblanadi.

Iqtisod nafaqat nazariy, balki ko‘proq amaliy fanlardan biridir. U bevosita amaliyotga tayanadi, aniq manbalar, raqam va hisob-kitoblardan foydalanadi. Shuning uchun iqtisodiy bilimlarni o‘rgatish, tafakkurni shakllantirish, haqiqatlarni namoyon etish, aniq jarayonlar asosida amalga oshirib kelinadi. Bunda amaliy vaziyatlarni o‘quvchilarga o‘yinlar vositasida ko‘rsatish alohida ahamiyatga ega. Ish o‘yinlari iqtisodiy bilimlarni o‘zlashtirishning samarali usuli hisoblanadi. iqtisodiy o‘yinlar o‘quvchilarni bevosita iqtisodiy hodisa va voqealarning ishtirokchisiga aylantiradi. Buni esa dars jarayonlarida kuzatish mumkin.

Bozor iqtisodiyoti juda murakkab jarayon. U muntazam izlanish va o‘rganishni taqozo etadi. Inson o‘z-o‘zidan tadbirkor yoki ishbilarmon bo‘lib qolmaydi. Kelgusida farovon hayot kechirishi uchun mehnat qilishi va xo‘jalik yuritish sir-asrorlarini bilishi lozim. Buning uchun albatta, o‘quvchilarda hozirgi sharoitda iqtisodiy munosabatlar ko‘nikmasini shakllantirish, ta’lim va tarbiya orqali ta’minlanadi. Shuning uchun mamlakatimiz taqdiri va kelajagi uchun mas’ul bo‘lgan o‘quvchi-yoshlarning iqtisodiy savodxonligini rivojlantirish va tafakkurini o‘stirish muhim masalalardandir.

Hayotda yangi sifat o‘zgarishlari yuz berishi uchun yoshlarga fanning turli sohalariga, xususan, iqtisodiy bilimlarga katta qiziqish uyg‘otish lozim. Buning uchun esa barcha moddiy-texnik, ilmiy-uslubiy shart-sharoitlarni yaratish va ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etish ota-onalar, o‘qituvchilar va shu sohaga mas’ul bo‘lgan mutasaddilarning bevosita burchi hisoblanadi.

Dilnoza AHMEDOVA,

Respublika rassomlik kolleji o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  Sog‘lom muhit – inson salomatligi asosi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: