YIL OSTONASIDAGI ORZULAR

Yangi yil bayrami bizga oppoq qorlar qo‘ynidagi shodiyonalarni ulashuvchi ayyom. Bu yilni Yurtboshimiz tomonidan “Obod turmush yili” deb nomlanishi barcha yurtdoshlarimizni to‘lqinlantirib yubordi. Zero, istiqlolning dastlabki yillaridanoq mamlakatimizda aholi turmush darajasini yaxshilash, Vatanimiz osoyishtaligi, xalqimiz farovonligini ta'minlash ustuvor vazifalardan biriga aylandi.

Ana shunday ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lgan yurtdoshlarimizga “Yangi yildan nimalarni kutayapsiz? – degan savol bilan murojaat qildik:

– Bir niholni bukilmasdan ko‘kka bo‘y cho‘zishida bog‘bonning o‘rni katta. Meni ham shu yutuqlarga erishishimda dadam shotokan karate-do bo‘yicha Toshkent viloyat terma jamoasi murabbiyi Bahodir Boboevning xizmatlari katta. Bu insonning ko‘magi muvaffaqiyatlarga erishishimda muhim poydevor bo‘lgan.

Bu yil yurtimiz sportchilari uchun omadli bo‘ldi. Mamlakatimizda bir nechta sport turlari bo‘yicha jahon chempionatlari o‘tkazildi va bunda sportchilarimiz yaxshi natijalarga erishdi. Jumladan men ham.

Bu yil yurtimizda o‘tkazilgan shotokan karate-do bo‘yicha jahon kubogi musobaqalarida g‘olib bo'ldim. Shunisi bilan ham 2012-yil men uchun omadli keldi desam mubolag‘a bo‘lmaydi.

Kelayotgan yil barcha yurtdoshlarimiz uchun omadli va shukuhli bo‘lsin.

Zulxumor BOBOYEVA,

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, shotokan karate-do bo'yicha Osiyo va jahon chempioni


– Barcha yurtdoshlarimizni Yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Hamisha osmonimiz musaffo zaminimiz beg‘ubor bo‘lsin. Yangi yildan esa barcha bitiruvchi o‘quvchilarimni talaba degan sharafli nomga sazovor bo‘lishini, barcha yaqinlarimni dilidagi jamiki ezgu niyatlari amalga oshishini so‘rayman.

Gulnoza NORBOYEVA,

o‘qituvchi


– Kitob – eng yaqin do‘st. Mutolaa uchun esa hamisha vaqt topiladi. Joriy yilda Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasini qo‘lga kiritganim eng katta yutug‘imdir. Ayni vaqtda “Ingliz tilini o‘rganish” mavzusi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borayapman. Yangi yilda ushbu ilmiy ishimni tugallab, mamlakatimizdagi har bir qizning orzusi! “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti uchun tanlovlarda ishtirok etaman.

Anora IMOMALIYEVA,

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

III bosqich talabasi


– Yangi yil arafasida har bir inson o‘tib borayotgan yilda amalga oshirgan ishlarini sarhisob qiladi, kelgusi yilga olam-olam rejalar tuzadi. Ulgura olmagan ishlarini yangi yilda oxiriga yetkazish uchun qat‘iy ahd qiladi.

Yana o‘qing:  Xiva ohanrabosi dunyo sayyohlarini chorlamoqda

Joriy yilda O‘zbekiston Milliy universiteti magistri degan nomga erishishim hayotimda muhim voqea bo‘ldi. Nasib bo‘lsa, oliy ta‘limning keyingi bosqichida jurnalistika sohasida egallagan bilimlarimni yanada mustahkamlab, mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida bor kuch-g‘ayratimni ayamayman. Qolaversa, yangi yilda ilk to‘plamimni chop ettirmoqchiman.

Davronbek ORIPOV,

“Gulxan” jurnali

ma`sul kotibi


– Barcha ustozlarimni, do‘stlarimni kirib kelayotgan “Yangi yil” bayrami bilan tabriklayman! Yangi yilda kitob jovonimdagi ertak kitoblarimni yanada ko‘payishini orzu qilayapman. Chunki yoshim bir yoshga ulg‘ayadi.

Mahbuba ABDULAZIZOVA,

2012-yil “Yangi avlod”

Respublika ko‘rik-tanlovi g‘olibi


Eh-he-e…! So‘rayversak tilaklar, orzular, niyatlar ko‘p ekan. Umidli dunyoda umid bilan yashagan yaxshi. Biz esa barcha Vatandoshlarimizni, gazetamiz mushtariylarini, kirib kelayotgan Yangi yil ayyomi bilan qizg‘in qutlaymiz. Ularga sog‘lik-omonlik, xonadonlariga tinchlik, ro‘zg‘origa qut-baraka tilaymiz!

Jamila HAYDAROVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: