JO‘XORILI QUYMOQ
Zarur mahsulotlar: 400 gr. konservalangan jo‘xori, 1 dona tuxum, 2 osh qoshiq un, 150 gr. pishloq, tuz va yog‘ kerak bo‘ladi.
Tayyorlanishi: jo‘xorini idishga solib ustidan tuxum va unni solib yaxshilab aralashtiramiz. Tovaga yog‘ solib tayyor masalliqdan bir osh qoshiqdan solib, ustiga qirg‘ichdan chiqarilgan pishloqdan ozgina solinadi. Quymoqni bir tomoni qizargandan keyin ikkinchi tomonini o‘giramiz va pishloqdan solamiz. Ushbu taom pishish jarayonida pishloq erib, qizarib chiqadi. Shu tartibda qolgan quymoqlarni ham qovurib olamiz. Ularni dasturxonga tortishdan oldin didingizga qarab bezatasiz.
GULOYIM
tayyorladi