Tosh va minerallar

Ularning inson salomatligiga ijobiy ta’siri xususida

Hozirgi vaqtda tibbiyotda toshlar bilan davolash litoterapiya nomini olgan. Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha toshlar va minerallar inson organizmiga energiya “tuhfa” etadi. Har bir toshning o‘z energiya manbai mavjud. Shuning uchun ham turli insonlarga, turli kasalliklarda bir xil toshlar yoki minerallar tavsiya etiladi. Olingan energiya inson organizmiga ta’sir qilib uning hayotiy quvvati (energetikasi)ni o‘zgartiradi.

Aqiq (agat) – bu tosh negativ (salbiy) energiyalarni o‘ziga qabul qilib, uni ijobiy tarzda o‘z egasiga qaytaradi. Mazkur tosh o‘z kuchiga ishongan, oldiga aniq maqsad qo‘ygan insonlar uchun tavsiya qilinadi. U ruhiy zo‘riqishni bartaraf etadi, qo‘rquvning oldini oladi. Bolajonlarning tez yurib ketishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, bu tosh ko‘z nurini o‘tkirlashtirish xususiyatiga ham ega.

Nafas qisishi, bronxit, surunkali yo‘tal, tish og‘rig‘i, tomoq og‘rig‘ida aqiqdan yasalgan munchoqlar sizga yordam berishi mumkin. Ko‘k rangli aqiqdan osteoxondroz kasalligida, yashil ranglisidan esa yurak tizimi bog‘liq muammolarda foydalansa bo‘ladi.

Amazonit – mazkur tosh to‘q yashil rangda uchraydi. U insonning o‘ziga bo‘lgan ishonchini yuksaltirib, asab tizimini tinchlantiradi. Organizmni xiltlar va zaharli moddalardan tozalaydi. Ushbu tosh artrit, revmatizm, osteoxondroz kasalliklari bilan kurashishga yordam beradi. Buning uchun toshning bir bo‘lagini davolanayotgan tana qismiga qo‘yish tavsiya etiladi. Immunitet (kasallikka qarshi kurashuvchanlik)ni oshirishda, yoshlikni saqlashda, teri va sochlar sog‘ligini oshirishda o‘zining samarali natijasini ko‘rsatadi.

Marvarid – qadimda bu toshni omad keltiruvchi tumor deb qadrlashgan. Jigar kasallik­lari, kamqonlikda, salomatlik va uzoq umr ko‘rishda mazkur toshning foydali xususiyatlari bisyor. U, ayniqsa, gepatit(sariq kasalligi)ni davolashda yordam beradi. Marvaridning foydali xususiyatlari haqida Abu Ali ibn Sino ham anchagina ma’lumotlarni yozib qoldirgan.

Toshlarning kuchi natijasida inson ko‘pgina kasalliklardan tuzalishi, atrofidagi dunyo bilan uyg‘unlikka kirishishi, shu bilan birgalikda kuchli zo‘riqishdan xalos bo‘lishi mumkin. Har bir tosh o‘z tarkibi, o‘zining rangi va kimyo­viy tuzilishiga ega.

To‘g‘ri tanlangan tosh insonga ijodiy izlanishlarda, shaxsiy hayotda, ishdagi muvaffaqiyatlarda yordam berishi bilan birgalikda, omad keltiruvchi, yomon ko‘zlardan asrovchi, sog‘liqni mustahkamlashga yordam beruvchi xususiyatiga ham ega.

Yana o‘qing:  Parhez taomlar dasturxoni

Akvamarin – jigar, me’da osti bezi, tish og‘rig‘i va bosh og‘rig‘i bilan xastalangan bemorlarga tavsiya etiladi. U organizmni zaharli modda (toksinlar), tuz, xiltlardan tozalaydi. Mazkur toshga nisbatan qarshi ko‘rsatmalar yo‘q. Shu sababli bu toshdan barcha insonlar foydalanishi mumkin.

Olmos – sayyoramizda eng kam tarqalgan mineral sanaladi. U inson organizmini mustahkamlaydi va kasalliklardan himoya qiladi. Mazkur tosh moddalar almashinuvini yaxshilab, yurak va bosh miya tizimi faoliyatini ijobiy tomonga o‘zgartiradi. Teri kasalliklaridan himoyalaydi va tushkunlikka qarshi kurashadi.

Zumrad – qadimda zumradni foydali xususiyatlari uchun qadrlashgan. Bosh og‘rig‘i, yurak yetishmovchiligi, me’da yarasi, gastrit (me’da shilliq qavatining yallig‘lanishi) kasalliklarida davo maqsadida zumraddan foydalaniladi. Och yashil rangli zumrad kuchli stress (asabiy zo‘riqish)ni oldini oladi. Asab tizimini tinchlantiradi va kayfiyatni ko‘taradi. Eng asosiysi insonning ishga bo‘lgan ishtiyoqini oshiradi. Mazkur mineral antibakterial (bakteriyalarga qarshi), yallig‘lanishning oldini oluvchi vosita sanaladi. Zumrad xolerik (nofaol) va giperaktiv (o‘ta faol) insonlarga tavsiya qilinmaydi. Bu qimmatbaho tosh mo‘tadil mijozli insonlarga shifobaxsh ta’sir etadi.

Yoqut – asab tizimini tinchlantiradi, nafas olish va me’da-ichak tizimiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Qon aylanishini yaxshilab, immunitetni ko‘taradi. Bosh og‘rig‘i, tana haroratini yuqori darajagacha ko‘tarilishi va bosh jarohatlarida o‘zining shifobaxsh ta’sirini ko‘rsatadi. Sariq va jigarrang rangli yoqut allergiya, qabziyat (ich qotishi) va teri kasalliklarida tavsiya etiladi. Qizil yoqut esa endokrin kasalliklarida, ovqat hazm qilishini yaxshilashda samara beradi.

Lojuvard (lazurit) yurak va buyrak faoliyatini yaxshilaydi. Gripp va O‘RVI (O‘tkir respirator virusli infeksiyalar)xastaliklaridan keyin organizm­ning tiklanishida samarali natija ko‘rsatadi. Soch to‘kilishi, qalqonsimon bez kasalliklarida foydalaniladi. U kayfiyatni ko‘taradi, asab tizimi muammolarini bartarf etadi.

Qahrabo – kuchli biologik rag‘batlantiruvchi (biostimulyator) mineral. U organizmdagi moddalar almashinuvini faollashtiradi. O‘RVI va infeksion kasalliklarda, tomoq og‘rig‘i, jigar, buyrak, qalqonsimon bez faoliyatini yaxshilashda o‘zining samarali natijasini ko‘rsatadi. Organizmni zaharli moddalar, xiltlardan tozalash xususiyatiga ega.

Sapfir – xuddi yoqut singari shohona toshlardan biri sanaladi. U mushak tizimi kasalliklarida, asabni tinchlantirishda, uyqusizlik bilan kurashishda yordam beradi. Sapfir ko‘z, burun, o‘pkaning himoyalovchisidir. Mazkur tosh orqali inson o‘zida hayotga bo‘lgan kuchni topishi, qo‘rquv va tushkunlikni yengishi mumkin. Chap qo‘lga taqilgan sapfir astma (ziqqinafas), yurak, asab kasalliklarida yordam beradi.

Yana o‘qing:  Xushxabar raqamlar (2015-46)

Shunday ekan toshlar va minerallardan o‘zingizga davo maqsadida tanlaganda yoki shunchaki bezak uchun foydalanganda to‘g‘ri tanlov qilishga odatlaning!

Xurshida HUSENOVA Tayyorladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: