2012 YIL TARIX SAHIFALARIDA

16-17 fevral kunlari “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada BMT, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki vakillari, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Xitoy, AQSH, Janubiy Koreya, Yaponiya, Rossiya kabi dunyoning 48 davlatidan ta’lim tizimi rahbarlari, olimlar, mutaxassislar ishtirok etdi.

Tashrif davomida forum ishtirokchilari Samarqand va Buxoro shaharlarida ham bo‘ldilar.

* * *

Futbol bo‘yicha Eronda o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va 2013 yil Turkiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida qatnashish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

* * *

Shu yil “Art Week Style.uz” san’at haftaligi doirasida o‘tkazilgan “Oltin Gepard” ikkinchi xalqaro Toshkent kinoforumi bo‘lib o‘tdi.

Kinoforumda Osiyo, Yevropa, Afrika, Janubiy va Shimoliy Amerika davlatlaridan rejissyor va aktyorlar, prodyusserlar hamda san’atshunos mutaxassislar ishtirok etdi.

* * *

Joriy yilda Rossiyaning Kaliningrad shahrida nogiron-amputant futbolchilar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib 3 karra jahon chempioniga aylandi.

* * *

Shu yil Vatanimizning qutlug‘ 21 yillik shodiyonalari arafasida mamlakatimiz uzra quvonchli xabar tarqaldi: yaponiyalik olimlar taklifi bilan 22948-sonli kichik sayyora Xalqaro astranomiya ittifoqi “Maydanak” deb nomladi.

* * *

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 21 yilligi arafasida akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan Xirurgiya markazida zamonaviy kardioxirurgiya majmuasi qurib, foydalanishga topshirildi.

To‘rt qavatli mazkur majmua kardioxirurgiya yo‘nalishida foydalanadigan barcha zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan ta’minlangan.

***

Poytaxtimizdagi Simpoziumlar saroyida joriy yilning 14 sentyabr kuni Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbusi bilan tashkil etilgan “O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va ahamiyati” mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi.

* * *

2012 yil O‘zbekiston Respublikasining “Mardlik” ordeni ta’sis etildi.

* * *

O‘tayotgan yilning 28 sentyabr kuni so‘nggi texnologiyalar asosida qurib bitkazilgan, barcha qulayliklarga ega “Bunyodkor” futbol stadionining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

34 ming o‘rinli stadion tribunalarida tomoshabinlar uchun mo‘ljallangan o‘rinlar pastki va yuqori qavatlarga bo‘lingan. Shuningdek, bu yerda nogironlar uchun mo‘ljallangan alohida sektor mavjud.

* * *

2012 yilning oktyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Sharq yakkakurashlari va jang san’atlarini rivojlantirish markazi, Respublika shotokan karate-do assotsiatsiyasi hamda Jahon shotokan karate-do federatsiyasi (WSKF) hamkorligida poytaxtimizda shotokan karate-do bo‘yicha II jahon kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada dunyoning yigirmaga yaqin davlatidan qariyb sakkiz yuz nafar sportchi g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Ushbu nufuzli musobaqada hamyurtlarimiz eng ko‘p — 33 ta oltin, 36 ta kumush va 44 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar Qozog‘iston hamda eronlik sportchilarga nasib etdi.

* * *

7 dekabr kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunining yigirma yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishida Prezidentimiz Islom Karimov ma’ruza qildi va 2013 yilni “Obod turmush yili” deb e’lon qildi.

Yana o‘qing:  PREZIDENT SOVG‘ASI – MEHR VA EZGULIK HADYASI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: