TIBBIY KO‘RIK – JIDDIY KO‘RIK
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Navoiy viloyati hududiy filiali 2015 yil “Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturi asosida bir qator ibratli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
14-noyabr – “Xalqaro diabet kuni” munosabati bilan viloyat “Kamolot” YOIH hamda viloyat Endokrinologiya dispanseri bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin” nomli tadbir ham shular jumlasidandir. Tadbir davomida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Navoiy viloyati hududiy filialining tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi shifokorlari va tajribali endokrinologlar hamkorlikda viloyatning chekka hududlarida bo‘lib, nazoratda turgan 83 nafar fuqaroni jumladan, 62 nafar bemor bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. Tibbiy ko‘rik davomida jami 539 ming192 so‘mlik sanitariya va gigiyena vositalardan iborat insonparvarlik yordamlari aholining ijtimoiy jihatdan yordamga muhtoj qatlamiga yetkazib berildi.
M. YULDASHEVA,
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Navoiy viloyat hududiy filiali direktorii