SIFATLI TIBBIY XIZMAT – ELGA MADAD

Yurtimizda aholi salomatligini asrash, ayniqsa, ona va bola sog‘lig‘ini mustahkamlashga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Zero, jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.

Reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, sog‘lom bola tug‘ilishini ta’minlash uchun mamlakatimizda ko‘plab samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Yurtimizning har bir tuman, mahallalaridagi qishloq vrachlik punktlarida yaratilgan sharoitlar fikrimizga misoldir. Zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan muassasalar, malakali shifokorlar tomonidan ko‘rsatilayotgan sifatli tibbiy xizmat ham fuqarolar sog‘lig‘ini mustahkamlashda muhim o‘rin tutmoqda.

Biror joyingiz bezovta qilib shifo muassasasiga murojaat qilar ekansiz, u yerdagi toza xonalar, oppoq xalatlarda xizmat ko‘rsatadigan xodimlarni ko‘rib biroz dilingiz ochilganini his qilasiz. Ayniqsa, ularning shirinso‘zligi dardingizni ozgina bo‘lsa ham aritganday dilingizni charog‘on etadi. Yurtimiz qishloqlarida ham ana shunday rivojlangan vrachlik punktlarining borligini ko‘rib dilingiz yayraydi.

Joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan, Namangan viloyatining Uychi tumanidagi “Xizrobod” qishloq vrachlik punkti eng namunali birlamchi tibbiy-sanitariya muassasasi deb topildi. Bunga sog‘liqni saqlash tizimida erishilayotgan ulkan yutuqlar yorqin misoldir.

– Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan QVP deyarli barcha zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan. Aholiga tibbiy xodim bilan patronaj hamshirasi biriktirilgan bo‘lib, tekshiruvdan o‘tmagan birorta xonadon e’tibordan chetda qolmaydi, – deydi QVP mudirasi oliy toifali shifokor Mahmudaxon Olimova.

Bugungi kunda mazkur tibbiy muassalarning samarali faoliyati yurtimizda aholining salomatlik ko‘rsatgichlari barqarorligini Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti andozalariga mos ravishda ta’minlab kelmoqda.

– Ushbu tibbiyot birlashmasi 2001 yil 23 avgustda zamonaviy loyiha asosida qurilgan va ish boshlagan. Hozirgi kunda 13 ming 17 nafar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi, – deydi QVP oliy toifali shifokori Ra’noxon Mamatqulova. Qabul qilish quvvati 50 qatnovga mo‘ljallangan QVP da 39 nafar ishchi xodim, 29 nafar o‘rta tibbiyot hodimi, 4 nafar umumiy amaliyot shifokori va 6 nafar kichik tibbiyot xodimlari faoliyat yuritadi. Ushbu muassasa O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining qarori va Osiyo taraqqiyot banki tomonidan “Salomatlik-2” loyihasi asosida jahon andozalariga mos keladigan tibbiy jihoz va uskunalar bilan jihozlangan. Joriy yilda QVPda umumiy qabul 24 ming 43 nafar bo‘lib, shundan bolalarga xizmat ko‘rsatish 8 ming 379 nafarni tashkil etadi. Qabul davomida ko‘rilgan 7 ming 901 nafar bemorning barchasi o‘z vaqtida sog‘lomlashtirilgan. Shifoxonada tashkil qilingan kunduzgi qabulda 121 nafar bemor sog‘lomlashtirilgan bo‘lib, 45 nafari bolalar hisoblanadi. Tibbiy ko‘rik jarayonida EKG orqali 1ming 630 nafar kishida yurak kasalliklarining oldi olindi.

Yana o‘qing:  Bir oilada to‘rt qizaloq tug‘ildi

Albatta bunday islohotlarning izchil tartibda olib borilishi mamlakatimiz tibbiyot sohasining yanada yuksalishiga, aholi salomatlik darajasining yuqori bosqichga ko‘tarilishiga zamin bo‘ladi. O‘zbekistonning “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” milliy modeli boshqa mamlakatlarga namuna sifatida tavsiya etilgani bunga yorqin misoldir.

Charos XUSHVAQTOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: