Orasta qizlar bilimi saralandi

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Uchtepa tumanidagi 38-umumta’lim maktabida “Orasta qizlar” ko‘rik-tanlovining yakuniy respublika bosqichi o‘tkazildi.

Mazkur ko‘rik-tanlov to‘rt bosqichda tashkil etilib, unda umumta’lim maktablarining 8-9-sinf o‘quvchi-qizlari ishtirok etdi. Tanlovning yakuniy respublika bosqichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlaridan tashrif buyurgan o‘quvchilar 5 ta shart bo‘yicha bellashib, o‘zlarining bor iqtidorlarini namoyon qildilar.

Yakuniy natijaga ko‘ra Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi 17-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Parizoda Ro‘ziboyeva 1-o‘rinni, Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 15-umumta’lim maktabning 9-sinf o‘quvchisi Dilnavoz Qurbonova va Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 12-“Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchisi Maftuna Abdumo‘minovalar 2-3-o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

Tanlov g‘olib va sovrindorlariga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xalq ta’limi vazirligi

matbuot xizmati

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: