Kulgu-shifo (2015–44)
Bir bemor xususiy shifoxonada tekin maslahat olish niyatida so‘radi:
– Ayting-chi, siz shamollab qolsangiz, nima qilasiz?
– Aksiraman!
***
Xotin eriga dedi:
– Menga shifokor aytdiki, tuzalib ketishim uchun bir oy dengizda, bir oy tog‘da, bir oy olis qishloqlardan birida dam olib qaytishim kerak ekan. Avval qay biriga borsak ekan-a?
– Boshqa do‘xtirga boramiz.
***
Okulist qabulida:
– Qarang, bemor, men qaysi harfni ko‘rsatyapman?
– Kechirasiz, doktor, qayerdasiz?