KAMARLARDAN MAHRUM “FAXRIY CHEMPION”
Bundan bir yarim oy avval professional boksdagi faoliyatini yakunlagan amerikalik 38 yoshli yengilmas bokschi Floyd Meyvezer shu kungacha o‘zida saqlab kelgan yarim o‘rta hamda birinchi o‘rta vazn toifalarining WBC yo‘nalishidagi chempionlik kamarlaridan mahrum qilindi.
Avvalroq, butunjahon boks uyushmasi (WBC) Xitoyda o‘tkazilgan Kongressda Meyvezerda ushbu titullarni qoldirishini ma’lum qilgandi. Ammo navbatdagi Kongressda Meyvezerni chempionlik kamarlaridan mahrum qilib, uni faxriy chempion deb e’lon qildi.
T. ORTIQOVA