Tomdida tibbiy ko‘rik tashkil etildi
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining Navoiy viloyati mintaqaviy filiali tomonidan Navoiy viloyatining Nurota hamda Tomdi tumanlari qishloq vrachlik punktlari hamda markaziy poliklinikasida “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin” mavzusida xayriya tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Xayriya tadbiri davomida viloyatning chekka hududlari – “Nurota”, “Qizilcha”, “Temirqovuq”, “Katta ej” va “Sentob” mahallalarida yashovchi 825 nafar aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. 152 nafar kam ta’minlangan, nogiron va yolg‘iz yashovchi aholiga uch milliondan ortiq dori-darmon, oyoq kiyim, sanitariya-gigiyena vositalaridan iborat insonparvarlik yordami yetkazildi. Shuningdek, Tomdi tumanining Yangitomdi QFY, Balimanov, Kerizbuloq, Kerkgetau, Janasharua, Aya-quduq, Aktau OFY va “Tomdibuloq” mahallalarida yashovchi aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. 31 nafar kam ta’minlangan, nogiron va yolg‘iz yashovchi aholiga dori-darmon, oyoq kiyim va sanitariya-gigiyena vositalari insonparvarlik yordami sifatida joylarga yetkazib berildi.
M. YULDASHEVA,
Navoiy viloyati