Fan oyligi yakunlandi

Shayxontohur tumanidagi 39-umumta’lim maktabida “Oktyabr – ona tili va adabiyot fanlari oyligi” yuqori saviyada o‘tkazildi. Mazkur fan oyligida o‘quvchilar o‘rtasida “Eng chiroyli husnixat”, “O‘zbek adabiyoti bilimdoni”, “Ajdodlarimga munosib avlodman” kabi ko‘rik-tanlovlar o‘tkazildi.

“O‘zbek adabiyoti bilimdoni” ko‘rik-tanlovida maktabning 8-9-sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi. 9-sinf o‘quvchisi Risolat Abnumannopova g‘olib deb topilib, tanlovning tuman bosqichida ham qatnashdi. U tumanda faxrli 3-o‘rinni egalladi.

Shuningdek, tumanda fan o‘qituvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ko‘rik-tanlovda ona tili va adabiyot o‘qituvchisi Manzura Rahimova “Eng yaxshi animatsion dars ishlanmasi”, Nodira Rustamova “Eng yaxshi tarqatma material” uchun faxrli o‘rinlarga munosib deb topildi.

V. PO‘LATOVA

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: