TILGA HURMAT – ELGA HURMAT

Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 262-umumta’lim maktabida “Ona tili va adabiyot” fani oyligi doirasida “Davlat tili haqida”gi O‘zbekis­ton Res­publikasi qonuni qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlab bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida ona tilimizning davlat tili sifatidagi o‘rni va ahamiyatini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida bolalarning sevimli yozuvchisi yurtimizda yosh avlod uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritar ekan, bu imkoniyatlardan samarali foydalanishda, ularning barkamol voyaga yetishlarida hamma mas’ul ekanligini ta’kidladi.

Durdona ABDUQODIROVA,

ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  Izlanishlar keng imkoniyatlar yaratadi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: