ENDI NARKOZSIZ JARROH AMALIYOTI O‘TKAZISH MUMKIN

Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazida ilk bor uyqu dori ta’sirida bo‘lgan bemorning uyqu arteriyasida jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.

Odatda bu kabi operatsiyalar vaqtida bemorga umumiy narkoz beriladi. Ushbu operatsiya esa og‘riq qoldirishning yangi texnologiyasini qo‘llash orqali amalga oshirildi. Operatsiya davomida bemor yengil uyqu dori ta’sirida bo‘ldi, tananing faqat jarrohlik aralashuvi amalga oshiriladigan qismi og‘riqsizlantirildi. Agar bemor istasa, mazkur texnologiyani qo‘llash davomida bemor hushini yo‘qotmasdan yotishi ham mumkin. Bunday narkozdan so‘ng bemor tezroq o‘ziga kelib, oson davolanadi.

Xususan, mazkur narkoz texnologiyasidan ilk bor foydalangan bemor operatsiyadan ikki soat o‘tib oyoqqa turib, uyga ketish uchun ruxsat so‘ragan. Qayd etishlaricha, O‘zbekistonda bunday texnologiyalar joriy etilishi boshlanganiga uch yilcha bo‘ldi.

F. Sa’dullayeva

Yana o‘qing:  OCHLIK IMMUN TIZIMINI MUSTAHKAMLAYDI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: