SALOMATLIK YO’LIDAGI SAMARALI HAMKORLIK

Mamlakatimizda tibbiy-ijtimoiy islohotlar jarayonida sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiyalash, aholiga zamonaviy tibbiy yordam ko‘rsatish, tibbiy-profilaktika xizmatining sifati va samaradorligini oshirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor inson manfaatlarini muhofazalash va aholining salomatligini mustahkamlashda muhim omil bo‘layotir.

Prezidentimiz Islom Karimovning 2014 yil 1 avgustdagi “2014–2018 yillarda O‘zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish borasidagi Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami yanada kengaymoqda.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi bu yo‘nalishda keng qamrovli loyihalarni hayotga tatbiq etmoqda. Bu jarayonda aholi, ayniqsa, bolalar, o‘smirlar, fertil yoshidagi ayollar va keksalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, ularning salomatligini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotir.

Yaqinda ana shunday xayrli ishlarning mantiqiy davomi sifatida yana bir tadbir o‘tkazildi. Fond qator rivoj­langan davlatlar tibbiyot muassasalari bilan xalqaro hamkorlik doirasida mamlakatimizda bolalar salomatligini mustahkamlash yo‘lida ko‘plab samarali ishlarni amalga oshirmoqda. Yaqinda ana shunday ezgu tadbirlardan biri tashkil etildi. Turkiyaning malakali shifokorlari yurtimizda bo‘lib, o‘zbekistonlik hamkasblari bilan birga Farg‘ona viloyati bolalar ko‘ptarmoqli tibbiyot markazida bemor bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.

Mazkur aksiya doirasida Turkiyadan 17 nafar plastik jarroh, anesteziolog va boshqa tibbiyot mutaxassislari Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlaridan kelgan yuz sohasidagi tug‘ma va kuyishdan keyingi asoratlar, yuqori lab va qattiq tanglayning tug‘ma nuqsonlari bo‘lgan bolalar umumiy chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Umumiy ahvoli og‘ir deb topilgan bemorlar jarrohlik yo‘li bilan sog‘lomlashtiriladi.

Shuni ta’kidlash joizki, o‘tgan yili Turkiyaning malakali shifokorlari yurtimizga tashrif buyurib, 201 nafar bemor bolani chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishgan edi. Shulardan 105 nafar bemor bola jarrohlik yo‘li bilan sog‘lomlashtirildi.

N. NORBOBOYEV,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  Xushxabar raqamlar (2015–43)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: