Yong‘in xavfsizligi oyligi davom etayapti

Hozirgi kunda Sergeli tumani Yong‘in xavfsizligi xizmatining shaxsiy tarkibi tomonidan “Yong‘in xavfsizligi oyligi”ni tuman hududida yuqori saviyada o‘tkazish borasida xodimlarimiz o‘zlariga biriktirilgan mahalla hududi, xonadonlar va korxona hamda tashkilotlarda targ‘ibot ishlarini kuchaytirmoqdalar. Buning uchun tuman gaz va elektr tarmoqlari idoralari xodimlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritmoqdamiz. Bundan tashqari ko‘p qavatli uylarning, korxona hamda tashkilotlarning hududlarida bo‘lgan suv quduqlarining ham sozligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bu borada xodimlarimiz mahallalarda o‘tkazilayotgan uchrashuvlarda yong‘in xavfsizligi qoidalari to‘g‘risida fuqarolar o‘rtasida keng qamrovli tushuntirish ishlarini olib borishmoqda. Yong‘inning oldini olish tufayli barchamiz o‘z oila a’zolarimizning sog‘lig‘ini, tinchligini va osoyishtaligini saqlagan bo‘lamiz. Chunki, yong‘in xavfsizligiga hamma birday mas’uldir.

X.Merganov, kapitan,

N.Hatamov, katta leytenant,

Sergeli tumani IIB Yong‘in xavfsizligi xizmati smena boshliqlari

Yana o‘qing:  BUGUNNING YOSHLARI: ILG‘OR VA TADBIRKOR

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: