DUNYo ONKOLOGLARI YURTIMIZDA

Poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida Markaziy Osiyoda saraton kasalligiga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respub­lika Onkologiya ilmiy markazi hamda Onkologlar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan anjumanda mamlakatimiz shifokorlari, AQSH, Yaponiya, Avstriya, Hindiston, Belgiya, Belarus, Rossiya, Turkiya, Turkmaniston, Armaniston, Qozog‘iston kabi mamlakatlardan kelgan ikki yuzdan ziyod olim, xalqaro tashkilotlar vakillari, yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.

So‘nggi yillarda onkologiya sohasida ko‘plab ilmiy izlanish­lar olib borilmoqda va hayotga tatbiq etilmoqda. Jumladan, olimlarimiz tomonidan ko‘krak bezi, me’da, yo‘g‘on ichak, qovuq saratonini jarrohlik yo‘li bilan davolashning yangicha usullari yaratildi. Uning samarasida bemorlar sog‘lom hayotga qaytarilmoqda.

Mamlakatimiz ilm-fani erishayotgan yutuqlarni ommalashtirish va jahon tibbiyotining ilg‘or tajribasini sohaga keng tatbiq etishda dunyoning eng rivojlangan tibbiyot markazlari bilan hamkorlik muhim o‘rin tutmoqda.

Anjuman qatnashchilari dunyoda onkologik xastaliklar bilan kasallanish ko‘rsatkichlari yildan-yilga ortib borayotganini qayd etdi. Mazkur forum ushbu muammoni bartaraf etish, onkologiyani ilmiy va amaliy jihatdan rivojlantirish borasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, sohada profilaktika tadbirlarini kuchaytirish va skrining xizmatini yanada yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbirda O‘zbekiston onkolog­lari yutuqlari va bu sohadagi ustuvor yo‘nalishlar, onkologik kasalliklar nazorati va skriningi muammolari, bu borada ilmiy asoslangan dasturlarni ishlab chiqish strategiyasi, sohada qo‘llanilayotgan texnologiyalar, bolalar onkologiyasiga oid ma’ruzalar tinglanib, o‘zaro fikr almashildi.

Anjumanning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A. Ikromov so‘zga chiqdi.

V. PO‘LATOVA

Yana o‘qing:  Har bir bolaga mehr, e’tibor!

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: