O‘Z UYINGNI – O‘ZING ASRA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 18 noyabrdagi “Har yili yong‘in xavfsizligi oyligini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan joriy yilning noyabr-dekabr oylarida Toshkent shahri hududida “Yong‘in xavfsizligi oyligi”ni o‘tkazishga yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rildi.

Tadbir davomida aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida keng ko‘lamdagi targ‘ibot va tushintirish ishlari olib borilmoqda.

O‘tkazilayotgan davra suhbatlarida gaz, isitish pechlaridan va turli xil elektr jihozlaridan noto‘g‘ri foydalanish, xavfsizlik qoidalariga sovuqqonlik bilan qarash natijasida ko‘ngilsiz hodisalarga yo‘l qo‘yilayotganligi aytib o‘tilmoqda.

Shundan kelib chiqqan holda fuqarolarga yong‘inlarni bartaraf etishda foydalaniladigan yong‘in o‘chirish anjomlarini ishlatish tartib-qoidalari tushintirilmoqda.

Ta’kidlash joizki, joriy yilning o‘tgan 10 oyi davomida poytaxtimizda jami 1280 ta yong‘in sodir bo‘lgan bo‘lib, ushbu yong‘inlar natijasida fuqarolarimizga qariyb 204474930 so‘m miqdorida moddiy zarar yetgan. 29 nafar inson hayotdan ko‘z yumgan. 30 nafar fuqaro esa turli darajadagi tan jarohatini olgan.

Yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish nafaqat yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari, balki barcha fuqarolarning burchidir.

Nodira SALMANOVA,

23-HYOXQ smena boshlig‘i, kapitan

Yana o‘qing:  Yurak xuruji va uning to‘xtashini bashorat qiluvchi libos

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: