Milliy jurnalistikada jahon tajribasi

25 sentyabr kuni poytaxtimizda “Milliy jurnalistikani rivojlantirish istiqbollari: nazariya va amaliyot (xalqaro tajriba)” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi, Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi kabi qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi.

Ommaviy axborot vositalarining erkinligi, har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega ekani Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo‘yilgan. Ushbu me’yorlar O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonunlarida o‘z ifodasini topgan.

Konferensiyada mamlakatimiz ommaviy axborot vositalarining jahon axborot olamidagi o‘rni tobora kengayib borayotgani, ularning zamonaviy asosda faoliyat yuritishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilgani, sohada xalqaro hamkorlik rivojlanayotgani ta’kidlandi. Axborot agentliklari, teleradiokanallar tomonidan tayyorlanayotgan materiallar real vaqt rejimida dunyo bo‘ylab tarqatilayotgani, barcha bosma nashrlar o‘z veb-saytiga ega ekani milliy jurnalistikamizning jahon axborot vositalari bilan uyg‘un rivojlanayotganidan dalolat beradi.

Mamlakatimizda soha xodimlarining jahon jurnalistikasining ilg‘or ish uslublari va yutuqlarini o‘rganishiga katta e’tibor qaratilmoqda. Jahonning yetakchi mediakompaniyalari jurnalist va mutaxassislari ishtirokida seminar-treninglar o‘tkazilmoqda. Har yili ko‘plab jurnalistlar xorijiy mamlakatlarda malaka oshirib qaytmoqda.

Forum va uning sessiya majlislarida ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish, xalqaro darajadagi jurnalistlarni tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish, teleradiokanallarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar va bu borada xorijiy davlatlar tajribasiga oid qator masalalar yuzasidan fikr almashildi.

F. TOLIPOV,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  O‘ZBEKISTON O‘QITUVCHI VA MURABBIYLARIGA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: