O‘SMIRLARIMIZ OSIYo CHEMPIONATIDA QATNASHADI

O‘n olti yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 2016 yili Hindistonda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

“A” guruhidan joy olgan futbolchilarimiz saralash bosqichida Yaman, Maldiv orollari va Falastin o‘sfmirlar terma jamoalari bilan bahslashdi.

Temur Olimxo‘jayev shogirdlari dastlabki uchrashuvda Maldiv orollari terma jamoasini 8:0, Falastin o‘smirlar terma jamoasini 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, guruhdagi so‘nggi bahsda yamanlik futbolchilar ustidan 5:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunladi. Barcha uchrashuvlarda yirik hisobda g‘alaba qozongan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zolari 9 ochko bilan “A” guruhida birinchi o‘rinni egallab, 2016 yili Hindistonda o‘tkaziladigan Osiyo chempionati final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

T.ORTIQOVA

Yana o‘qing:  ShIFOKORLAR UCHUN MAXSUS SOAT

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: