SOG‘LOM TURMUSH TADORIGI

Poytaxtimizda “Biz – sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!” aksiyasi doirasida seminar-trening o‘tkazildi.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tashabbusi bilan Toshkent shahar xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalari bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan mazkur aksiya poytaxtimizdagi mahallalar, ta’lim muassasalarida o‘tkazilmoqda.

Tadbirda yoshlarning tibbiy madaniyatini oshirish, yoshlar orasida tamaki va alkogol mahsulotlari, giyohvand moddalar singari illatlarga qarshi kurashish, OIV/OITS, yod tanqisligi, kamqonlik va sil kasalligining oldini olish, millat genofondini saqlash va yaxshilash uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan davlat dasturlarini qo‘llab-quvvatlash, yosh avlod sog‘lig‘ini muhofaza qilish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish xususida fikr almashildi.

Mazkur aksiya barkamol avlodning ijtimoiy faolligini oshirish, tashabbus va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularni turli zararli g‘oya va illatlardan asrashga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Aksiya doirasida faol va tashab­buskor yoshlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-ma’rifiy islohotlar, jamiyatimizda ro‘y berayotgan demokratik o‘zgarishlar va yangilanishlar haqida so‘z yuritdi.

Z.MAMATQULOVA

Yana o‘qing:  HUQUQ BILIMDONLARI BELLASHDI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: