IKKI QISMLI KIR YUVISH MASHINASI

“IFA – 2015” ko‘rgazmasiga “Haier” kompaniyasi tomonidan namoyish etilgan ikki qismdan iborat kir yuvish mashinasi sohadagi texnik innovatsiyalar uchun mukofotlandi.

Qurilma bir vaqtning o‘zida ikki qismga ham kirlarni joylash, ayni vaqtda har bir qism uchun alohida kir yuvish tartibini belgilash imkonini beradi. Shunday qilib, bir vaqtning o‘zida mazkur kir yuvish mashinasida ham oq, ham rangli narsalarni yuvish mumkin bo‘ladi. Yuqori qismga 4 kilogramm, quyidagi qismga esa 8 kilogramm kir joylash mumkin.

Mazkur innovatsion kir yuvish mashinasini sensor panel orqali ham, smartfon yoki planshet orqali ham boshqarish mumkin.

G. EGAMBERDIYEVA

Yana o‘qing:  HAVONI TOZALOVCHI ChANGYUTKICH

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: