KITOB FESTIVALIGA MARHAMAT

17-19 sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ko‘magida O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi va bir qator tashkilotlar hamkorligida poytaxtimizdagi G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i, “Turkiston” san’at saroyi, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahri va barcha viloyatlar markazlarida “Bolalar kitobi” II respublika festivali o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumani ana shu mavzuga bag‘ishlandi. “Sog‘lom va ma’naviy yetuk avlod – yurt kelajagi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan ushbu festivalda mustaqillik yillarida adabiyot, madaniyat va noshirlik sohalarida qo‘lga kiritilgan yutuqlar hamda bolalar adabiyotini rivojlantirish, farzandlarimiz ma’naviyatini yuksaltirishga davlatimiz tomonidan berilayotgan e’tiborni keng ommaga yetkazish ko‘zda tutilgan.

Mamlakatimizda bugungi kunda 111 ta nashriyot, 1 ming 650 ga yaqin matbaa korxonasi faoliyat olib bormoqda. Respublika nashriyotlari tomonidan har yili 3 ming nomdan ziyod, umumiy adadi 45 mln. nusxadan ziyod turli kitob mahsulotlari nashr qilinmoqda. Ushbu nashriyotlarning ellikdan ortig‘ida bolalarga bag‘ishlangan noshirlik mahsulotlari chop etiladi.

Mazkur festival bolalar uchun mo‘ljallangan ijtimoiy-badiiy jihatdan yetuk adabiyotlar salmog‘ini ko‘paytirish, bolalar adabiyotiga ixtisoslashgan nashriyotlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga hamda voyaga yetayotgan yosh avlodni milliy mustaqillik g‘oyalari va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning milliy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini, hurmatini oshirish, shu bilan birga kitobxonlik va mutolaa madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilishi, shubhasiz.

Muhabbat Xo‘jamurodova,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  Maktabgacha ta’lim muassasalari – yutuqlar debochasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: