ENG YAXShI OROMGOH TASHKILOTCHILARI TAQDIRLANDI

Mamlakatimiz ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili ham boshlandi. Bolalar yozgi ta’tilda maroqli hordiq olib yangi kuch va shijoat bilan o‘quv yilini bosh­ladilar. Ularning ta’til va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida yurtimizda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Buning samarasi o‘laroq yildan-yilga turli yo‘nalishlarda o‘z iqtidorini namoyon etib dunyo miqyosida e’tirof etilayotgan o‘quvchilar soni ham ortib bormoqda. Bu, shubhasiz, davlatimiz tomonidan yoshlarning ham ma’nan, ham jismonan barkamol bo‘lib ulg‘ayishlari yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasidir.

“Turkiston” saroyida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi tomonidan o‘tkazilgan 2015 yilgi mavsum yakuni bo‘yicha bolalarni yozgi dam oldirish va sog‘lomlashtirish tashkilotchilarining V respublika forumida shu haqda so‘z bordi.

Darhaqiqat, faqat yoz mavsumida emas, balki yil davomida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirishga tayyorgarlik ko‘rilib, barcha ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishiga erishildi. Mazkur jarayonga 300 mingdan ortiq o‘g‘il-qiz qamrab olindi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida yashovchi bolalar, “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari, serfarzand, alohida ehtiyojli oilalarning bolalari yurtimizdagi so‘lim oromgohlarga imtiyozli tarzda jalb etildi.

Joriy yilda 1 ming 167 oromgoh faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu boradagi sa’y-harakatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish konsepsiyasi”ga muvofiq hamda ijtimoiy hamkorlik asosida tashkil etildi.

Forumda eng namunali deb topilgan oromgohlarning rahbarlari, murabbiy va tarbiyachilari, tibbiyot xodimlari, yetakchilar, homiy tashkilot va idoralar mutasaddilariga “Baxtiyor bolalar mamlakati” statuetkasi, esdalik sovg‘alari, diplomlar va kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriylarga bepul yo‘llanmalar topshirildi.

B. HALIMOV,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  Ko‘rkam, shinam, qulay

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: