Yangi oilaviy poliklinika

Nafaqat aholiga, balki tibbiyot xodimlari uchun ham keng qulaylik yaratdi

Sohibqiron Amur Temur bobomizning “Kimki qudratimizni bilmoqchi bo‘lsa, biz qurdirgan imoratlarga boqsin” degan hikmatli so‘zlari ezgulikni ko‘zlagan, yaratuvchilik ishtiyoqi bilan yongan xalqimizga ilhom baxsh etib kelmoqda. Buni o‘zim ishlayotgan poytaxtimizning Sirg‘ali tumanidagi 13-Oilaviy poliklinika misolida aniq ko‘rib turibman. Yana tibbiy maskanimiz yaqinda ishga tushgan uchinchi aeroportga boradigan keng va ravon yo‘l bo‘yida joylashgan bo‘lib, mahalla ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turibdi. Bu xudud me’moriy qiyofasi keyingi bir-ikki yil ichida tubdan o‘zgardi. Ravon yo‘llar bunyod etildi, chor-atrof obodonlashtirilib, ko‘kalamzorlashtirildi. Tibbiy muassasamiz zamonaviy qiyofa kasb etganidan keng va yorug‘ xonalarda ishlayotganimdan faxrlanaman.

Oilaviy poliklinikada bugungi kunda 16 nafar shifokor, 40 nafar hamshira va 20 nafar kichik tibbiyot xodimi 15 ming 650 nafar kishiga xizmat ko‘rsatadi. Shifokorlar hamda bemorlar uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan tibbiy maskanda ishlash kishiga a’lo kayfiyat bag‘ishlaydi.

Joriy yilda poliklinikamiz hududida yashayotgan 1941–1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari, yolg‘iz va ijtimoiy himoyaga muhtoj qariyalar, keksalar, nogironlar barchasi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar bilan qamrab olindi. Ularni sog‘lomlashtirish maqsadida shahar kasalxonalariga yo‘llanmalar, sihatgohlarda davolanishga tavsiyalar berildi.

Oilaviy poliklinikamiz bosh shifokori Zoya Dmitriyevna An Toshkent shahar Kengashi deputati, ular poliklinika hududidagi aholining salomatligini muhofaza kilish masalalari bilan birgalikda aholining ijtimoiy masalalar bo‘yicha muammolarini ham hal qilishda jon kuydirib kelmokda. Poliklinika yangi binoga ko‘chgani sababli “Uchuvchilar” mahallasi aholisiga u ancha uzoqlik qilib qoldi. Shuningdek, u yerdan keladigan bitta transport vositasi ham yo‘q edi. Shuning uchun poliklinika bosh shifokori, deputat Zoya Dmitriyevna Anning sa’y – harakatlari bilan “Uchuvchilar” mahallasidan oilaviy poliklinikamizga qatnaydigan transport vositasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Poliklinikaga qarashli hududdagi qariyalarning ko‘pchiligi “Uchuvchilar” mahallasida istiqomat qilishini inobatga olib yana bir ezgu ish amalga oshirildi. Keksalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatni yanada yaxshilash maqsadida ushbu mahalla qoshida mahalla fuqarolar yig‘ini bilan hamkorlikda “Nuroniylar xonasi” tashkil etildi. Bu yerda mahallaning patronaj hamshirasi qariyalarning qon bosimlarini o‘lchab, davo muolajalarini to‘g‘ri olayotganlarini nazorat qilib turadi, zarurat bo‘lgan hollarda shifokorni uyga chaqiradi.

Yana o‘qing:  ULUG‘ MAQSAD YO’LIDA

Aholining reproduktiv salomatligini yaxshilash, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish maqsadida poliklinika hududida istiqomat qilayotgan fertil yoshidagi ayollar, bolalar va o‘smirlar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar bilan qamrab olinmoqda. Kasalliklarni erta aniqlash va o‘z vaqtida sog‘lomlashtirish maqsadida daha xamshiralari va oilaviy shifokorlar uyma-uy patronaj ishlari bilan shug‘ullanib, tana harorati ko‘tarilgan, qon bosimi oshgan va boshqa tibbiy-ijtimoiy muammolari bo‘lgan bemorlarni aniqlab, sog‘lomlashtirmoqdalar.

Oilaviy poliklinikamiz misolidagi bu islohotlar mamlakatimizda tibbiyot taraqqiyotiga bo‘lgan e’tiborning yaqqol namunasidir.

Donoxon JONIBOYEVA,

Sergeli tumanidagi 13–oilaviy poliklinika shifokori

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: