OILALAR TINCHLIGI – VATAN TINCHLIGI
Respublika “Oila” ilmiy amaliy markazi tomonidan O‘zbekiston Milliy matbuot markazida oila, mahalla va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni amalga oshirish masalalari yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.
Unda oila ma’naviyati, farzand tarbiyasiga e’tibor, bolalarning shaxs sifatida shakllanishida xalq og‘zaki ijodining o‘rni, oilaviy nizolarning oldini olishda fuqarolar yig‘inlari inspektorlari hamkorligining samaralari xususida so‘z yuritildi.
Tadbir doirasida “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalari ijrosiga oid “Farzandingizga munosib ism qo‘ying”, “Egiz mo‘jiza uchun alla”, “Oilada ma’naviy-axloqiy tarbiya”, “Ajralishning oldini olish bo‘yicha psixologik maslahatlar”, “Oilada shaxslararo muomalani tashkil etish psixologiyasi”, “Oilada xuquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha tavsiyalar”, “O‘zbekiston oilaviy huquqlarni himoya qilishning kafolatlari”, “Oila mustahkamligining sir-asrorlari” nomli risola va qo‘llanmalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimotdan ko‘zlangan maqsad, Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi oilashunos olimlarning ilmiy va ijtimoiy mavzulardagi tadqiqot natijalarini keng targ‘ib qilish, ularning mazmun va mohiyatini tushuntirishdan iboratdir.
Charos XUSHVAQTOVA
“Sog‘lom avlod” muxbiri