YOSH MERGANLAR BAHSI

Namanganda yoshlar o‘rtasida pnevmatik quroldan o‘q otish bo‘yicha respub­lika kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi.

To‘rt kun davom etgan musobaqada o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi havo miltig‘idan o‘q otish bahslarida samarqandlik Umid Pardayevga teng keladigan raqib topilmadi. Andijonlik Izzat Yusupov ikkinchi, Toshkent viloyati vakili Suhrob Mirzajonov uchinchi o‘rinni egalladi. Qizlar o‘rtasida havo miltig‘idan o‘q otishda namanganlik Angelina Sebova g‘oliblik shohsupasining eng yuqori pog‘onasini egalladi. Farg‘ona viloyatidan Marina Merkulova ikkinchi, andijonlik Yuliya Kondrashova uchinchi o‘ringa munosib ko‘rildi.

O‘zbekiston kubogining yakuniy natijalariga ko‘ra, umumjamoa hisobida Andijon viloyati jamoasi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Namanganlik merganlar ikkinchi, Toshkent viloyati vakillari uchinchi o‘rinni egalladi.

T.ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Istiqbolli sayyohlik namoyishi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: