BOLALAR XORIJDA DAVOLANADI

– Oyijon, yig‘lamang! Hali men shunday chiroyli qiz bo‘lamanki, ko‘rib hammaning havasi keladi. Mana shu samolyotda uchib borib shu samolyotda tuzalib qaytib kelaman, – yuzlari tilsiz yovning zahridan kuygan qizaloq qo‘ng‘iroqdek ovozi bilan shunday deb barchani yig‘latib o‘ziga qaratgan 4 yoshli qizaloq Malika qatori 21 nafar bolani “orzularing ushalsin, oy borib omon qayt,” deb barcha duo qildi.

Kuyish tashxisi qo‘yilgan bu bolalar kecha O‘zbekiston xalqaro aeroportidan Germaniyaga davolanish uchun jo‘nab ketdi. Ularni kuzatish uchun aeroportga chiqqanlar murg‘ak vujudning shunday dardni ko‘tarib yurganiga, kelajak haqida oydin orzular qilishga o‘zida matonat topganiga tan berishdi. O‘zbekning bu matonatli bolalarining kelajakka ishonchi baland. Inson qadri aziz yurtda, ota-­onasi, Vatani g‘amxo‘rligida kamolga yetayotgan. Beg‘ubor bolalar baxtsiz tasodif tufayli dard chekmoqda. Taqdirning dardmand kichkintoylarga atagan mukofoti bisyor. Hali bolajonlar bu xastaliklardan forig‘ bo‘lib go‘zal orzulari sari dadil qadam tashlashadi. Barcha qiyinchiliklar ortda qoladi. Farzandlari salomatligi uchun qayg‘urgan yurtda bundan boshqacha bo‘lmaydi.

Mamlakatimizda bolalarning salomatligini asrash, ularni ham ma’nan, ham jismonan sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlash maqsadida ko‘p­lab samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada faoliyat yuritayotgan davlat va nodavlat tashkilotlarining faoliyati ham tahsinga sazovordir.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi ham ona va bola salomatligini muhofaza qilish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ko‘mak ko‘rsatish, nogiron bolalarni sog‘lomlashtirish va sog‘lom avlodni tarbiyalash borasida ko‘plab ibratli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Bu yo‘nalishda xorijiy davlatlarning nufuzli tibbiyot muassasalari va klinikalari bilan qator hamkorlik loyihalari ishlab chiqilgan. Germaniyaning “Fridensdorf International” xalqaro tashkiloti bilan yo‘lga qo‘yilgan ana shunday hamkorlik doirasida 12 yoshgacha bo‘lgan bemor va nogiron bolalarni xorijdagi nufuzli klinikalarda davolash va reabilitatsiya qilish ko‘zda tutilgan. 2002-2015 yillar davomida 294 nafar o‘zbekis­tonlik bemor bolalar terining kuyish asoratlari, tug‘ma qo‘l-oyoq bo‘g‘imlari nuqsonlari va bosh­qa shu kabi tashxislar bilan Germaniya tibbiyot muassalarida davolandi.

– Joriy yilning yanvar oyida baxtsiz hodisa tufayli qizim Malikaning hayoti xavf ostida qoldi. Yong‘in sababli uning tanasi kuyishdan jiddiy zararlandi. O‘tgan vaqt ichida uning salomatligini tiklash maqsadida yugurmagan joyimiz qolmadi, – deydi Malika G‘olibovaning otasi Vohid aka Omonov. – Ana shunday kunlarning birida bir tanishim xuddi shunday holatda farzandini Germaniyada bepul davolatgani bunda unga “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi yaqindan ko‘mak­lashganini aytib dilimda umid uyg‘otdi. Shundan so‘ng “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondiga murojaat qildik. Shukr-ki, mamlakatimizda bolalar salomatligiga qaratilayotgan yuksak e’tibor tufayli qizim ham chet elda malakali jarrohlik amaliyotini o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Buning uchun hukumatimiz va mutasaddi tashkilotlarga, fond xodimlariga alohida minnatdorlik bildiraman.

Yana o‘qing:  YOZDA XASTALIKKA ChALINMAY DESANGIZ…

Ushbu xalqaro tashkilotning grant mablag‘lari hisobiga 2015 yil shu davriga qadar respublika bo‘yicha jami 150 nafar tug‘ma lab-tanglay nuqsoni mavjud bolalarda jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilib, sog‘lomlashtirildi.

Shu bilan bir qatorda joriy yilning o‘tgan davri mobaynida “Chiroyli oyoqchalar” loyihasi doirasida tug‘ma oyoq nuqsoni va “qiyshiq bo‘yin” tashxisi bilan 15 yoshgacha bo‘lgan 150 nafar bemor bolada jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi.

Farhod TOLIPOV,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: